Янгиликлар
25
Korrupsiya hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi
Korrupsiya hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 mayda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi qonunining qabul qilinishi munosabati bilan mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida jinoyatlar profilaktikasining ustuvorligi e‟tirof etilganligiga asoslanib, «korrupsion huquqbuzarliklarning profilaktikasi» aynan ushbu turdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashda ustuvor yo„nalish sifatida e‟tirof etiladi. Ma‟lumki, korrupsion huquqbuzarliklar davlat boshqaruvi, jamiyat taraqqiyoti va inson manffatiga jiddiy salbiy ta‟sir ko’rsatuvchi hodisa ekanligi hech kimga sir emas. Buni O„zbekiston Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlaridan ham chuqur anglab olish qiyin emas: jinoyatchilik, jumladan uning uyushgan shakllari va korrupsiya bizning o„z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir . Shuni unutmaslik kerakki, tamagirlik, to„rachilik, poraxo„rlik, kibr-havo, korrupsiya nihoyatda yuqumli va xavfli kasallikdir. O„z vaqtida uning oldi olinmasa, bu maraz butun jamiyat tanasiga yoyilishi va uni halok qilishi mumkin. Bu illat, avvalo, shu kasalga mubtalo bo„lgan odamning o’zini yeb ishdan chiqaradi. Uning iymonini, oxiratini xonavayron qiladi. So„ngra, boshqa insonlarni, asta-sekin butun jamiyatni yemirishga o„tadi . 98 Darhaqiqat, hozirgi kunda korrupsion aloqalarga ega bo„lgan uyushgan jinoiy tuzilmalar, ayniqsa uning xalqaro aloqalarga ega bo„lgan hamda xalqaro miqyosda faoliyat ko„rsatayotgan tuzilmalari O„zbekistonning milliy xavfsizligiga tajovuz qiluvchi eng xavfli va jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalari bilan uzviy bo’lgan nihoyatda xavfli va murakkab hodisalardir . Keltirib o’tilganidek, korrupsion huquqbuzarliklarning mavjud ijtimoiy xavfi unga qarshi kurashni yanada dolzarblashtiradi. Buning uchun avvalo korrupsion huquqbuzarlik tushunchasiga aniqlik kiritib o’tish maqsadga muvofiq. Korrupsion huquqbuzarlik deganda, davlat organi vakolatini bajaruvchi yoki unga tenglashtirilgan shaxs o’z xizmat lavozimidan yoki davlat organi maqomidan foydalanib moddiy manfaat va ustunlik olish uchun sodir etgan huquqqa xilof xatti-harakat tushuniladi.Davlat organi uchun o’rnatilgan qaror qabul qilish, fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibini buzish (agar bu buzishlar qaror qabul qilishda bunday shaxslarga afzalliklar olib kelsa); o„z xizmat maqomi yoki tegishli davlat organi maqomidan uchinchi shaxslar manfaatlari yo„lida foydalanish va h.k. Korrupsion huquqbuzarliklar: jinoyatlar, fuqaroviy-huquqiy, ma‟muriy, intizomiy huquqbuzarliklarga bo„linadi.
Korrupsion huquqbuzarliklarga berilgan ta‟rif hamda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi qonun talablaridan kelib chiqib, korrupsion huquqbuzarliklar profilaktikasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Korrupsion huquqbuzarliklar profilaktikasi – bu, qonun hujjatlariga muvofiq huquqtartibotni saqlash va mustahkamlash, korrupsion huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish, oldini olish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o’rganish hamda bartaraf etish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan korrupsion huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasida qo„llaniladigan ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar tizimidir. Profilaktika xizmatlarining korrupsion huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasini amalga oshirish faoliyati deganda, korrupsion huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlarining aholi o„rtasida huquqiy targ„ibot olib borish, korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish, ularning sodir etilishi sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o’rganish hamda bartaraf etishga doir faoliyatini tushunishimiz mumkin.
Beruniy tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuristkonsulti M.Xaytbayev