Янгиликлар
25
“Оilada er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari”
“Оilada er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari”
O`zbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki amalda ham teng huquqga egadirlar. O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 19- moddasiga asosan, “Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga ega.
”2019- yil 2- sentyabrda “Xotin -qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`irisida ”gi O`RQ 562- sonli Qonun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Qonunga ko`ra, xotin-qizlar va erkaklarga davlat tomonidan teng huquq va imkoniyatlar kafolatlanadi, ularni jinsi bo`yicha kamsitishga yo`l qo`yilmaydi. Oila huququqiga asosan er-xotin umumiy xo`jalik ishlarini birgalikda , o`zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir- birlariga ma`naviy yordam berib, ko`makdosh bo`lib yashaydilar, hamma masalalarni ba`maslahat hal qiladilar. Ammo er-xotindan birining shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam halaqit qilish (masalan, erning yoki xotinning mashg`ulot turiga, kasb tanlashga halal berish), shaxsiy huquqlarni amalga oshirishni suiste`mol qilish, shuningdek, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan hatti-harakatlar nikohdan ajralishiga olib kelishi mumkin.
Nikoh er va xotinning nikohi FHDY bo`limida qayd qilingandan boshlab qonuniy hisoblanadi. Shu kundan boshlab er va xotinning huquq va majburiyatlari paydo bo`ladi. Er va xotin oilada teng huquqlarga ega hamda teng majburiyatlardan foydalanadilar. Oila kodeksiga asosan “ Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o`z xohishi bilan eri yoki xotinning familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo`lgan o`z familiyasini saqlab qoladi”.
Oilada er va xotinning yana bir shaxsiy huquq va majburiyatlari dan biri mashg`ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir.
Beruniy tumani FHDY
bo`limi 2- darajali inspektori
Kurbano Dano Kasimovna