Янгиликлар
24
“Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati erkinligi kafolatlari qay darajada ta'minlanmoqda”
“Nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati erkinligi kafolatlari qay darajada ta'minlanmoqda”
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 72-moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo'l qo'yilmasligi belgilab qo'yildi.
Mazkur qoidaning asosiy qonunda belgilanishi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan kafolatlashning davlat siyosatining ahamiyatli masalalaridan biri sifatida qaralayotganligidan dalolat beradi.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda ushbu qoidaning allaqachon amaliyotda ro'yobga chiqarilayotganligini tasdiqlovchi bir qator islohotlar amalga oshirilgan.
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi PF–5430-son “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonining qabul qilindi.
NNT tomonidan pul mablag'lari va mol-mulkdan erkin foydalanishini ta'minlash maqsadida NNTlarga xorijiy sub'ektlardan kelib tushgan pul mablag'lari va mol-mulkdan foydalanish bo'yicha (ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so'ng) barcha to'siqlar olib tashlandi.
Farmon bilan NNTlarning eng asosiy muammolaridan biri bo'lgan bino masalasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etish orqali yangicha usul bilan hal qilish belgilab berildi.
Natijada 300 dan ortiq binoga muhtoj NNTlar xizmat xonalari bilan ta'minlanib, ularning faoliyatini rivojlantirishga katta hissa qo'shildi.
Shu bilan birga, ortiqcha qog'ozbozlikni tugatish va NNTlarga yanada qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
NNTlarini va ularning ramzlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish;
NNTlarining o'tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish;
NNTlarining o'z faoliyati to'g'risidagi yillik hisobotlari;
NNTning chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog'idagi oila a'zolarini akkreditatsiyadan o'tkazish;
NNTlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig'iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag'lari va mol-mulk olishni kelishish elektron tarzda amalga oshirishi belgilab qo'yilgan topshiriq ijrosi yuzasidan e-ngo.uz portali ishga tushirildi.
Natijada NNTlar vaqtini va mablag'larini tejashiga imkoniyat yaratilib, ortiqcha ovoragarchiliklar bartaraf etilmoqda.
Bugungi kunga kelib mazkur portal orqali fuqarolar va NNTlarga jami 20 mingdan ortiq davlat xizmati ko'rsatildi.
2. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtirildi.
Natijada NNTlarning faoliyatidagi yana bitta ortiqcha byurokratik to'siq bartaraf etildi va har yillik o'rtacha o'sish ko'rsatkichi 10 mingga yaqin tadbirni tashkil etmoqda.
3. O'zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 27 iyundagi 336-son buyrug'i (ro'yxat raqami 3027, 2018 yil 27 iyun') bilan Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati to'g'risidagi adliya organlariga taqdim qilinadigan hisobot shakli tasdiqlandi.
Unga ko'ra, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazuvchi organga taqdim etiladigan uchta hisobot shakli bitta shaklga keltirildi. Shuningdek, muqaddam hisobot shaklari 36 va 41 banddan iborat bo'lsa, yangi hisobot shakli 22 bandga keltirildi.
Natijada NNTlar tomonidan adliya organlariga hisobot taqdim qilish yengillashtirildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi
nodavlat notijorat tashkilotlar sho’basi boshlig’i A.Otarbaev