Янгиликлар
20
Fuqaroning axborot olish huquqi ta’minlandi
Fuqaroning axborot olish huquqi ta’minlandi
Ellikqal’a tuman adliya bo’limiga fuqaro B.D murojaat qilib, o’z murojaatida o’zi bevosita ishtirok etgan fuqarolar yig’ini vakillari majlisining yig’ilish bayonnomasidan nusxa ola olmayotganini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam berishni so’radi.
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 400-I-son qonunining 3-moddasida “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi”, 4-moddasida “Har kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega”, 8-moddasida esa “Murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so‘roviga binoan tekinga beriladi.” deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, fuqaro B.D.ning murojaati Ellikqal’a tumani adliya bo’limi tomonidan o’rganib chiqilib, unga o’zi bevosita ishtirok etgan fuqarolar yig’ini vakillari majlisining yig’ilish bayonnomasidan nusxa olishda amaliy yordam ko’rsatildi va uning murojaati qanoatlantirildi.
Ellikqal’a tumani
adliya bo’limi bosh maslahatchisi N.Saparboyev