Янгиликлар
20
Shifokorning ustama haqi undirib berildi
Shifokorning ustama haqi undirib berildi
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika oʼlat profilatika markazi Qoraqalpogʼiston filiali Toʼrtkoʼl boʼlimida ishlovchi А.J. ismli fuqaro unga yosh salohiyatli shifokorlar uchun toʼlanishi kerak boʼlgan ustama pullari toʼlab berilmayotganligi sababli amaliy yordam soʼrab Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimiga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Toʼrtkoʼl tumani adliya boʼlimi tomonidan oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish natijasida haqiqatdan ham fuqaro А.J. 2022-yil 22-iyulda Qoraqalpogʼiston tibbiyot institutining Tibbiy-profilaktika ishi yoʼnalishini tamomlaganligi va Umumiy gigienist-epidemiolog shifokori kvlifikatsiyasiga ega ekanligi toʼgʼrisida B№ 00185521-sonli bakalavr diplomi olganligi, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika oʼlat profilatika markazi Qoraqalpogʼiston filiali Toʼrtkoʼl boʼlimiga boʼlim boshligʼining 2022-yil 21-iyuldagi № 33 sh/t sonli buyrugʼi bilan 2022-yil 21-iyuldan Vrach lavozimiga ishga qabul qilinganligi, biroq, unga shu kunga qadar 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama toʼlanmasdan kelinayotganlik holati aniqlandi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʼllab-quvvatlash hamda ragʼbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-136-son Farmonining 2-bandi, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 30-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 35-2022/qq-son va Moliya vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 71-sonli qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʼbatlantirish va rivojlantirish jamgʼarmasi toʼgʼrisida”gi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida “yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million soʼmgacha maxsus oylik ustamalar toʼlanadi” deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika oʼlat profilatika markazi Qoraqalpogʼiston filiali Toʼrtkoʼl boʼlimi boshligʼi nomiga fuqaro А.J.ga 17 250 000 soʼm ustama mablagʼlari toʼlab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, toʼlanishi lozim boʼlgan 17 250 000 soʼm ustama mablagʼlari toʼlab berilishi taʼminlandi.
Ilxom Qurbanbayev,
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti