Янгиликлар
19
Kimlar maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʼlamaydi
Kimlar maʼmuriy sudga murojaat qilganda davlat boji toʼlamaydi
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-yanvar kungi “Davlat boji toʼgʼrisida”gi OʼRQ-600-son Qonunining 10-moddasiga koʼra, maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʼlashdan quyidagilar ozod qilinadi.
Jumladan:
1) Tadbirkorlik subʼektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʼliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (
2) Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʼzlab berilgan arizalar boʼyicha;
3) nodavlat notijorat tashkilotlari — oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʼayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
4) Fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʼyicha hududiy kengashlar — fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
5) nogironligi boʼlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʼquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining gʼayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;
6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar boʼyicha;
7) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʼzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
8) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʼzlab beriladigan arizalar yuzasidan;
9) yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) boʼyicha;
10) Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʼzlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
101) Oʼzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi va uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar koʼrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
102) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʼsh turgan obʼektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʼrib chiqish uchun beriladigan daʼvolar va arizalar yuzasidan;
103) Oʼzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — oʼz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar koʼrib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan;
11) mulkdorlar — xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʼliq boʼlgan oʼz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʼgʼrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;
12) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aktsiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʼgʼrisidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
13) taraflar — muayyan yashash joyiga ega boʼlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan;
14) Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga doir ishlar yuzasidan;
15) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakil — tadbirkorlik subʼektlari manfaatlarini koʼzlab berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;
16) Oʼzbekiston Respublikasining Hisob palatasi — Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
B.Аvazmetov