Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida


Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida

Joriy yil 5-iyun kuni “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-931-son  Qonuni qabul qilindi.
    Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish mazkur qonunning maqsadi qilib belgilangan.
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur qonun bilan davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi, manfaatlar to‘qnashuvi, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma, shaxsiy manfaatdorlik hamda yaqin qarindoshlar kabi jumlalarga tushunchalar keltirilgan.
Bunda, davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (va) yoki kadrlar bo‘linmalari manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha maxsus bo‘linma hisoblanadi.
Qonun bilan quyidagila maxsus bo‘linmaning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari qilib belgilangan.
- davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtiradi;
- davlat organining yoki boshqa tashkilotning ushbu Qonun talablarini buzgan xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazadi;
- davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yuzasidan qonunchilikka muvofiq tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
- ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni, shuningdek mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomani ko‘rib chiqadi, ularning natijalariga ko‘ra odob-axloq komissiyasiga takliflar kiritadi;
- davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi xabarlari munosabati bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa beradi;
- davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi hollarini tahlil qiladi hamda ularni tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
- davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ushbu Qonun talablariga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi har yilgi hisobotlarni tayyorlaydi hamda hisobotlar uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlaydi.
Maxsus bo‘linma qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi tomonidan mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabarnoma hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimiga aloqador shaxslar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish ularning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi orqali amalga oshiriladi.
Qonun bilan Davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrini yuritishi belgilangan.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.

J.Ismoilov,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Adliya vazirligi Davlat xizmatlari
ko‘rsatilish ustidan nazorat qilish sho‘basi
Yetakchi maslahatchisi