Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Otalik belgilsh


                            Otalik belgilsh

     Nikohda bolmagan ota-onadan tug`ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi
(agar otasi voyaga etmagan hisoblansa , u holda qonuniy vakili ) tomanidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qanuniy kuchga kirgan hal qiluvchi qarori asosida FHDYo orgonida amalga oshiriladi.
Otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshiriladi.
O‘zaro qonuniy nikohda bo‘lmagan ota-onaning mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi Otalikni belgilash haqidagi arizasi uni qabul qilgan FHDY organi xodimi tomonidan imzolanib, tartib raqami va sana qo‘yiladi hamda ushbu Yo‘riqnomaning 18-ilovasiga muvofiq shakldagi Otalikni belgilash haqidagi arizalarni ro‘yxatga olish elektron daftariga kirim qilinadi.
Otalikni belgilash haqidagi ariza FHDY organiga bola tug‘ilgungacha, bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda yoki bolaning tug‘ilishi qayd etilgandan so‘ng berilishi mumkin. Ariza FHDY organining mas’ul xodimi tomonidan undagi ma’lumotlarni ota-onaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bilan solishtirib qabul qilinadi. Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda, uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.Otalikni ishonchnoma orqali belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Sudning otalikni belgilash haqidagi hal qiluv qaroriga asosan bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mazkur hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi tomonidan sudning hal qiluv qarori va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi taqdim qilinishi zarur.Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yolg‘iz onaning arizasiga asosan qayd etilgandan keyin bolaning ota-onasi qonuniy nikohdan o‘tib, ona erining familiyasiga o‘tgan bo‘lsa va ular otalikni belgilash haqida birgalikdagi ariza bilan murojaat etsa, dalolatnoma yozuvining ona ustunidagi onaning familiyasi haqidagi yozuvga o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda onadan qo‘shimcha ariza olish talab etilmaydi.Otalik belgilangandan keyin ariza beruvchi(lar)ga mazkur Yo‘riqnomaning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi Otalik belgilanganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.Tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda rasmiylashtirilmagan hollarda, otalikni belgilash bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish qoidalarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi boshqa FHDY organida qayd etilgan bo‘lsa, otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi ariza kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida dalolatnoma yozuvini qayd qilgan FHDY organiga dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish haqida electron axborot tizimi orqali mazkur Yo‘riqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboradi. Dastlabki dalolatnoma yozuvini qayd qilgan FHDY organi xabarnoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida dalolatnoma yozuviga zarur o‘zgartirish kiritib, elektron axborot tizimi orqali tasdiqlaydi.Bunda, otalikni belgilash haqidagi arizani qabul qilgan FHDY organi dastlabki dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olgan vaqtdan boshlab bir soat ichida axborot tizimida dalolatnoma yozuviga gerbli guvohnomaning seriyasi va raqamini kiritib, ariza beruvchiga gerbli guvohnomani chop etib beradi.Otalikni belgilash 16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvidagi ota haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 28-bobida belgilangan familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish kiritish tartibida amalga oshiriladi.Otalikni belgilash 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma yozuvidagi ota haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-bobida belgilangan dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish tartibida amalga oshiriladi.Dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilganda, FHDY organi tomonidan bu haqda ikki ish kuni ichida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining FHDY arxivlarida saqlanayotgan ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish uchun tegishli FHDY arxiviga mazkur Yo‘riqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi xabarnoma yuboriladi, dalolatnoma yozuvi bir nusxada qayd etilgan holatlar bundan mustasno.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi
2-toifali inspektor A.Saparova