Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida xotin-qizlarga berilgan kafolatlar.


Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida xotin-qizlarga berilgan kafolatlar.

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalaridagi jarayonlarda xotin-qizlarning ishtiroki va faolligi tobora ortib bormoqda. Bu, albatta, yurtimizda opa-singillarimizning o‘z salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, umuman, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar samarasidir. Qolaversa, jamiyatimiz rivojida hayotimiz gultoji bo‘lgan xotin-qizlarning ma’naviy yetuk, tafakkuri keng, iqtisodiy, huquqiy jihatdan bilimdon va faol bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, gender tengligini ta’minlash, turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish, salomatligini mustahkamlash, umuman, xotin-qizlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan ana shu yo‘nalishga oid 40 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 sentyabrdagi “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida xotin-qizlar uchun belgilanayotgan kafolatlarga alohida etibor qaratilib, dolzarb masala sifatida oʻz aksini topgan.
Mazkur hujjat gender tenglik talablariga muvofiq tahrir etilgani bilan ham ahamiyatlidir. Ayniqsa, onalik bilan bogʻliq masalada xalqaro standartlarga mos keladigan meʼyorlar belgilangan.
Xususan, homilador ayollarni va uch yoshgacha boʻlgan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilish va ish haqi miqdorini belgilashdagi kafolatlar, ayollar mehnatini muhofaza qilishda qoʻshimcha choralar, ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boʻlgan shaxslar toʻliqsiz ish vaqti belgilash, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishdagi kafolatlar kabi moddalar ana shular jumlasidandir.
Qoʻmita majlisida yuqoridagilarni eʼtirof etish bilan birga senatorlar hamda qoʻmita ekspertlari vazirlik va idoralar mutasaddilariga savollar, hujjat boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Maʼlumki, mehnat qonunchiligida xotin-qizlar, homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollar huquqlariga oid koʼplab kafolatlar mavjud.     
Xususan, Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida esa, bunday qoidalar yanada aniqroq ifodalangan.
Jumladan, ishga qabul qilish yoki ish haqi miqdorini kamaytirish masalasida—ayollarni homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bogʼliq sabablarga koʼra, ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq toʼlash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.    
Ishga qabul qilish rad etilganda esa, rad etish sabablari yozma ravishda uch kun ichida taqdim qilinishi shart. Bu masalada rad javobini olgan xotin-qizlar sudga murojaat qilishi ham mumkin.
Maʼlumki, qonunchilikda «ishga kabul qilishda dastlabki sinov» tushunchasi amal qiladi.
Mehnat kodeksining 129-moddasiga koʼra, tashkilot rahbari, uning oʼrinbosari, tashkilot bosh buxgalterini ishga qabul qilishda dast¬labki sinov olti oygacha uzaytirilishi mumkin. Boshqa holatlarda sinov muddati 3 oy boʼlib, ushbu sinov homilador, uch yoshga kirmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga toʼlmagan bolani yolgʼiz tarbiyalayotgan otaga nisbatan qoʼllanilmaydi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga asosan, oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan xodimlar, uch yoshga toʼlmagan bolaning hamda byudjet hi¬sobidan taʼminlanadigan tashkilotlarda ishlayotgan ota-onadan biriga nisbatan ish vaqti qisqartiriladi. Bunda qisqartirilgan ish vaqti haftasiga 35 soatdan oshmasligi kerak.    
Qoʼshimcha tarzda, ikki yoshga toʼlmagan bolaning ota-onasidan biriga yoki vasiysiga ovqatlantirish uchun ham har uch soatda yarim soat qoʼshimcha tanaffus berilishi lozim. Ikki yoshga toʼl¬magan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi boʼlgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soatga uzaytirilishi mumkin.    
Bundan tashqari xodim ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega. Taʼtil huquqi birinchi ish yili uchun uzluksiz ishlangan olti oy muddatdan soʼng yuzaga keladi.    
Olti oy oʼtguniga qadar, xodimning xohishiga koʼra, quyidagilar:    
– ayollar — homiladorlik va tugʼish taʼtili oldidan yoki undan keyin;    
– oʼn toʼrt yoshga toʼlmagan bitta yoki un¬dan ortiq bolani yoxud oʼn olti yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolani tarbiyalayotgan shaxslar, shuningdek, yolgʼiz ota-ona, jumladan, beva ayollar, beva erkaklar, nikohdan ajralganlar, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlari, ota-onaning oʼrnini bosuvchi shaxslar;    
– I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar;    
– oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslar;    
– rezervga boʼshatilganidan keyin uch oydan kechiktirmay ishga kirgan muddatli harbiy xizmatni oʼtagan sobiq harbiy xizmatchilar;    
– oʼrindoshlik asosida ishlayotganlar — asosiy ish joyidagi taʼtil bilan bir vaqtda, oʼrindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq toʼlagan holda, har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanishi mumkin.    
Shuni ham taʼkidlash joizki, taʼtil turlari orasida «ish haqi saqlanmagan holda taʼtil» berish tartibi ham bor. Bunday taʼtil:    
– ikki yoshdan uch yoshgacha boʼlgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga yo vasiysi, buvisi, bobosi yoki boshqa qarindoshiga;    
– oʼn ikki yoshga toʼlmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki oʼn olti yoshga toʼlmagan nogironligi boʼlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga yoki ota-onaning oʼrnini bosuvchi shaxsga — har yili oʼn toʼrt kalendarь kungacha ish haqi saqlanmagan holda beriladi.
Mehnat qonunchiligida ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi masalasi ham aniq belgilab qoʼyilgan.    
Аytish kerakki, yangi Mehnat kodeksining 408-moddasiga binoan, homilador ayollar bilan tuzilgan mehnat shart¬nomasi ish beruvchining tashabbusi asosida bekor qilinishiga yoʼl qoʼ-yilmaydi. Аyolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan boʼlsa, xodimning arizasi va tibbiy maʼlumotnoma asosida shartnomaning amal qilish muddati homiladorlik tugaguniga qadar, unga homiladorlik va tugʼish taʼtili berilgan taqdirda esa, bunday taʼtilning oxiriga qadar uzaytirilishi shart.    
Mehnat shartnomasi homiladorlikning oxiriga qadar uzaytirilgan ayol ish beruvchining soʼroviga binoan, lekin uch oyda koʼpi bilan bir marta homiladorlik holatini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etishi lozim.    
Eʼtiborli jihati shundaki, ho¬miladorlik va tugʼish taʼtilida hamda uch yoshgacha bolasi bor ayollarning bola parvarishi taʼtili davrida ish oʼrni saqlanishi qoidasi aynan ayollar manfaatlari kafolatlanishiga ahamiyat berilganini anglatadi. Ushbu holatda uch yoshgacha bolasi bor ayol yoxud uch yoshgacha boʼlgan bolani yolgʼiz tarbiyalayotgan ota yo vasiy bilan mehnat shart-nomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra, bekor qilishga faqat korxona tugatilgani, xodimning oʼz mehnat majburiyatlarini muntazam buzishi va bir marta qoʼpol buzishi yuz ber-ganda yoʼl qoʼyiladi.    
Xorijiy davlatlarda homilador va uch yoshgacha bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishida biroz boshqacharoq amaliyot shakllangan. Masalan, Yaponiyaning «Mehnat standartlari toʼgʼrisida»gi qonuniga muvofiq, ayolni homiladorlik va tugʼish taʼtilidan soʼng 30 kun ichida ishdan boʼshatish mumkin emas. Germaniyada esa, homilador va tugʼish taʼtili tugagach, xodimning ishga chiqishi 4 oygacha kutiladi.
Shu asnoda, yan¬gi tahrirdagi Mehnat kodeksiga «Аyollar mehnatini muhofaza qilish boʼyicha qoʼshimcha choralar»ga oid norma kiritilgani nihoyatda muhim. Unda ayollar mehnatidan foydalanish cheklanadigan ayrim ishlar roʼyxati ham belgilangan.    
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda ayollar huquqlarini himoya qilish, mehnat munosabatlarida ularning manfaatlarini kafolatlash davlat va jamiyatning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan, desak, aslo xato boʼl¬maydi .
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti         
Allabergenov Davranbek Allabergenovich.