Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Yer qonunchiligi to’g’risida ma’lumot


Yer qonunchiligi to’g’risida ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi «Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 18.01.2024 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PF-15-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, dehqon xo'jaligi, yakka tartibda bog'dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auktsion savdolari g'olibi bo'lgan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro'yxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, garovga qo'yuvchining yer uchastkasiga bo'lgan huquqlar garovi bilan ta'minlangan majburiyati bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o'zgartirmagan holda, ijara huquqini yer ijarasi shartnomasining qolgan davriga elektron onlayn auktsion savdolari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

Nukus shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Sh.Ametov