Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Ишсизлик нафақаси тўғрисида маълумот


Ишсизлик нафақаси тўғрисида маълумот

O’zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to’g’risida”gi 20.10.2020-yildagi O’RQ-642-sonli Qonunining 51-moddasida ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarning ishsizlik nafaqasini olish huquqi belgilangan. Bundan tashqari, ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi o‘n ikki oylik davr ichida ko‘pi bilan yigirma olti kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma) yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yildagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda belgilanadi.
Harbiy xizmatdan, ichki ishlar organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi organlaridan va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralardan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshganda ishsizlik nafaqasining miqdori oshirish koeffitsiyentiga teng miqdorda ko‘payadi.
Nukus shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti
K.Avezov