Янгиликлар
10
Mehnat daftarchasi haqida ma’lumot
Mehnat daftarchasi haqida ma’lumot
Fuqarolarning ish stajin tasdiqlovchi yagona hujjat bo’lib mehnat daftarchasi hisoblanadi. Ushbu qoida O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 125-moddasida belgilangan. Unga ko’ra lozim darajada tasdiqlangan qog‘oz yoki elektron shaklidagi mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi verifikatsiya qilingan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan asosiy hujjatdir.
Mehnat daftarchasi yo’qolganda yoki ichidagi yozuvlarga shikast yetkanda xodimga qanday harakat qilish lozimligini qonun hujjatlari misolida ko’rib chiqamiz. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-sonli davlat ro’yxatidan o’tkazilgan Mehnat darftarchalarini yuritish to’g’risidagi Yo’riqnomaning 4.1-bandida mehnat daftarchasi yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda, shuningdek, foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan (yirtilgan, yongan, yozuvlari bo‘yalgan) hollarda mehnat daftarchasining dublikati xodimning oxirgi ish joyidan berilishi ko’zda tutilgan. Bunda mehnat daftarchasini yo‘qotgan shaxs bu to‘g‘rida zudlik bilan oxirgi ish joyiga yozma xabar berishi lozim.
Xabarnomadan so‘ng 15 kundan kechiktirmasdan ish beruvchi xodimga birinchi betini yuqori qismining o‘ng tomoniga “Dublikat” deb yozilgan holda yangi mehnat daftarchasini beradi.
Yangi mehnat daftarchalari (dublikati)ni berishda ish beruvchi xodimdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizigacha miqdorida haq olish huquqiga ega.
Mehnat daftarchalari noto‘g‘ri to‘ldirilgan (rasmiylashtirilgan)da yoki ularni saqlashda ehtiyotsizlik tufayli yaroqsiz holga tushib qolganda mehnat daftarchalarining narxini ish beruvchi qoplaydi.
Tabiiy ofatlar yoki boshqa sabablarga ko‘ra tashkilot tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yo‘qotilgan taqdirda, xodimga mehnat daftarchasining dublikati bepul beriladi.
Ishdan bo‘shagan xodimlar mehnat daftarchalarini o‘z vaqtida olmagan taqdirda, ular ishlayotgan xodimlarning mehnat daftarchalaridan alohida qilinib, tashkilot xodimlar bo‘limida ikki yil davomida saqlanadi
Nukus shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti
K.Avezov