Янгиликлар
07
Mehnat kodeksida xodimning huquq va majburiyatlari tushunchasi
Mehnat kodeksida xodimning huquq va majburiyatlari tushunchasi
Mehnat kodeksiga asosan xodim oʼziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquq va majburiyatlarga ega boʼladi.
Mehnat kodeksining 21-moddasiga asosan xodim quyidagi huquqlarga ega
ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, oʼzgartirish va bekor qilish;
mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan taʼminlanish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega boʼlish;
oʼz malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq oʼz vaqtida hamda toʼliq hajmda ish haqi olish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan dam olish;
xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega boʼlish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari toʼgʼrisida toʼliq va ishonchli axborot olish;
mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;
jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi toʼgʼrisida axborot olish, shu jumladan oʼz vakillari orqali olish;
mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish;
oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
mehnat nizolarini ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish.
Mehnat kodeksining 22-moddasiga asosan xodim quyidagi huquqlarga ega
mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
mehnat shartnomasi bilan oʼz zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;
ichki mehnat tartibiga rioya etishi;
mehnat intizomiga rioya etishi;
belgilangan mehnat normalarini bajarishi;
mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;
ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʼlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʼlishi;
ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplashi;
insonlarning hayoti va sogʼligʼiga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida boʼlgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʼlsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi toʼgʼrisida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;
boshqa xodimlarning oʼz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʼsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.
Xodimning zimmasida mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Ilxam Kurbanbaev