Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya vazirligiga kelib tushgan murojaat o`z yechimini topdi.


  Adliya vazirligiga kelib tushgan murojaat o`z yechimini topdi.

    Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligiga joriy yilning 12-fevral kuni fuqaro H.K ning 3/1-68-sonli farzandiga boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi tayinlanishida amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati kelib tushgan.
    Aniqlanishicha, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining 02.08.2023-yildagi “Talabalar qatoriga qabul qilish to'g'risida”gi 1308s/5-sonli buyrug'iga asosan, fuqaro H.Kning farzandi E.A Qoraqalpoq davlat universitetiga to'lov-kontrakt asosida, kunduzgi ta’lim shakliga filologiya va tillarni o'qitish ta’lim yo'nalishiga 2022/2023-o'quv yilining 5-sentyabridan boshlab birinchi kurs studentlari qatoriga qabul qilinganligi aniqlandi.
    O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to'g'risida”gi 03.09.1993-yildagi 938-XII-son Qonunining 19-moddasida ta’lim tashkilotlarining o'quvchilari va studentlari o'qishning to'liq davri davomida, biroq 23 yoshga to'lgunga qadar boquchisini yo'qotganlik nafaqasini olish huqiqiga egaligi ko'rsatilgan.
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022-yildagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida”gi Nizomining 155-bandiga muvofiq, vafot etgan boquvchining ta’lim tashkilotiga o'quvchi yoki student sifatida qabul qilingan 18 yoshdan katta yoshdagi oila azosiga boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi u o'quvchi yoki talabalar safiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to'lanadi deb belgilangan.
    Yuqoridagilarga ko'ra, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining 02.08.2023-yildagi “Talabalar qatoriga qabul qilish to'g'risida”gi 1308s/5-sonli buyrug'iga asosan talabalar qatoriga qabul qilingan E.Aga 2022/2023-o'quv yilining 5-sentyabridan, ya’ni 2022-yilning 5-sentyabr kunidan boshlab birinchi kurs talabalari qatoriga qabul qilinganligini e’tiborga olgan holda fuqaro H.Kning 25.05.2004-yilda tug'ilgan farzandi E.Aga 2022-yil oktyabr oyidan boshlab boquvchisini yo'qotganlik pensiyasini to'lab berish imkoniyati bor yoki yo'q ekanligi haqida Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Byudjettan tashqari Pensiya jamg'armasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga 06.03.2024-yilda xat chiqarildi.
    Byudjettan tashqari Pensiya jamg'armasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasining 11.03.2024-yildagi 03/30/01-06-32/32-sonli xatiga muvofiq fuqaro H.Kning farzandi E.Aga boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab qayta hisoblanib, 2024-yilning aprel oyi to'lov buyurtmasiga asosan to'lab berilishi ma’lumot tariqasida bildirilganligi sababli ushbu pensiya pullarini to'lab berish choralarini ko'rish bo'yicha Byudjettan tashqari Pensiya jamg'armasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasiga ijrosi ta’minlanishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritildi va boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi to'lab berilishi ta’minlandi.

Asilbek Moldaxmetov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi
Inson huquqlarini himoya qilish sho’basi boshligʻi