Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Oʼzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratildi


Oʼzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil  ilova yaratildi

Mamlakatimizda yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi jahonda mashhur boʼlgan kitoblarni oʼzbek tiliga tarjima qilish hamda shu orqali ularni zamonaviy ilm-fanning soʼnggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borish tizimini yoʼlga qoʼyish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 28 -noyabr kuni “ Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-380-son qrori qabul qilindi.
Mazkur arorga koʼra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob oʼzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshirilishi belgilandi.
Qarorga koʼra, kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʼyxati shakllantiriladi;
2-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yoʼli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʼyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʼyxat shakllantiriladi.
Mazkur qarorga asosan,loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʼyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Qarorda 2023–2024 yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari koʼrilishi belgilandi.
Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʼliq davlat xaridlari talabgorlar oʼrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʼtkazish orqali amalga oshiriladi.
Muhim jihatlardan biri, endilikda Oʼzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.
Qarorga koʼra, har yili nashr etiladigan kitoblar roʼyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Shu bilan birga, davlat buyurtmasiga asosan tarjima qilingan va chop etishga tayyorlangan kitoblarga doir huquqlar Yoshlar ishlari agentligi tasarrufida qoldiriladi hamda ushbu kitoblarni kelgusida nashriyotlar tomonidan oʼz mablagʼlari hisobidan chop etish va realizatsiya qilish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.
Qaror bilan davlat buyurtmasiga asosan chop etilgan kitoblar Ekspertlar kengashi tavsiyasiga koʼra Yoshlar ishlari agentligi tomonidan axborot-kutubxona muassasalari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalariga chop etilgan kitoblarning elektron nusxalari kitobxonlar keng foydalanishi uchun mualliflik huquqi egasi bilan kelishilgan holda Oʼzbekiston Milliy kutubxonasiga va Fanlar Аkademiyasi tizimidagi kutubxonalarga begʼaraz
taqdim etilishi belgilandi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti
Nasiba Аbduraxmanova