Янгиликлар
03
Erta turmushning salbiy oqibatlari
Erta turmushning salbiy oqibatlari
Erta nikoh va uning oqibatlari bugungi kunda o‘ta dolzarb muammo hisoblanib, butun dunyo tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga etmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, erta nikoh qurgan oilalarning aksariyati hayotining ikkinchi yoki uchinchi yillaridayoq ajralib ketadi. Bunday holatlar yosh oilalarda ko‘pincha tibbiy, psixologik, ijtimoiy muammolar paydo bo‘lishi bilan bog'liq. Afsuski, ko‘pchilik yosh qizlar erta yoshdagi onalik natijasidagi homiladorlik va tug'ruq davri asoratlanishi, o‘lim ehtimoli juda yuqoriligi haqida ma'lumotga to‘la ega emaslar. Yosh onalar orasida kasallanish hamda o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori foizni tashkil qiladi.
Butun dunyo bo‘ylab qizlar orasidagi o‘limning eng ko‘p tarqalgan sabablari erta homiladorlik va tug'ruq jarayonidagi yuzaga keladigan asoratlar hisoblanadi. Erta homiladorlik nafaqat yosh ayolning salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, balki ayolning ta'lim olishida, jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishida to‘siq bo‘lib qolmoqda.
Kegeyli tumani FHDYo bo‘limi 1-darajali inspektor R.Samambetova