Янгиликлар
03
Аdliya organlari aholi bilan yanada faolroq ishlaydi
Аdliya organlari aholi bilan yanada faolroq ishlaydi
Maʼlumki, 2024yil 24- may kuni Prezident tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʼgʼrisida”gi PF-80-son Farmoni imzolandi.
Farmon bilan 2024 yil 1 iyuldan boshlab "Madad" NNTning huquqiy maslahat byurolari. Byurolar tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʼladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʼmaklashishi belgilandi.
Bundan tashqari,endilikda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarida "Mahalla huquqshunosi" loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida mahalla raislarining huquqiy bilim va koʼnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʼquv kurslari tashkil etiladi.
Haftaning har chorshanba kuni mahallalarda “Huquqiy targʼibot kuni” oʼtkaziladi. Bunda Аdliya vazirligi tizimi xodimlari:
"Online-mahalla" platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targʼibot tadbirlarini tashkil qilish;
aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʼyicha tizimli huquqiy targʼibot tadbirlarini oʼtkazish kabi ishlarni amalga oshirishadi.
Farmonga koʼra, 2024 yil 1 iyuldan:
“Mobile-ID” tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʼra ID-karta va xorijga chiqish pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan arxiv hujjatlari oʼrnatilgan tartibda yoʼq qilinishida, ularning elektron nusxalarini talab etish amaliyoti bekor qilinadi;
noturar joylarni boshqa shaxsga oʼtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʼzida davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.
2024 yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini koʼrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Gʼase-ID) usuli joriy qilinadi. Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Shuningdek,Farmon bilan maktablarda 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab:
Аdliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani oʼqituvchilarining kasbiy bilim va koʼnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʼlga qoʼyiladi;
oʼquvchilar oʼrtasida "Huquq bilimdoni" fan olimpiadasi, huquq fani oʼqituvchilari oʼrtasida "Eng yaxshi huquq oʼqituvchisi" koʼrik-tanlovi oʼtkazib boriladi.
Shuningdek, yuridik taʼlim sohasida:
maktablarda "Huquq sinfi" va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda oʼqitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda "maktab - litsey - texnikum - universitet" tizimini joriy etiladi;
Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilinib, ularning iqtidorli bitiruvchilari "yurisprudentsiya" yoʼnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilinadi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov