Янгиликлар
31
Fuqaro B.B ning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligi, holat yuzasidan yashaganlik faktini belgilashda yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati qanoatlandirildi
Fuqaro B.B ning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligi, holat yuzasidan yashaganlik faktini belgilashda yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati qanoatlandirildi
Taxiatosh tumani adliya bo‘limiga "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida fuqaro B.B murojaat qilib “1998-yilda Turkmaniston Respublikasi Dashxoviz viloyati Gubadag tumanida tug‘ilganligi, shu yilning o‘zida oilasi (ota-onasi) bilan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelganligi, lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligini bildirib, ushbu holat yuzasidan yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga fuqaro B.B ning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi.
Sud muxokamasi natiyjasida sud tomonidan fuqaro B.B ning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yil iyul oyidan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida Hal qiluv qarori qabul qilindi.
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi 2-darajali yurist
B.Kalbaev