Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yil iyul oyidan buyon doimiy yashaganlik fakti tasdiqlandi


Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yil iyul oyidan buyon
doimiy yashaganlik fakti tasdiqlandi

Taxiatosh tumani adliya bo’limiga "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida fuqaro B.K murojaat qilib “1998-yilda Turkmaniston Respublikasi Dashxoviz viloyati Gubadag yetrabi tumanida tug‘ilganligi, shu yilning o‘zida oilasi (ota-onasi) bilan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelganligi, lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligini bildirib, ushbu holat yuzasidan yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni so‘rab” yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga fuqaro B.Bning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi.
Sud muxokamasi natiyjasida sud tomonidan fuqaro B.Bning O‘zbekiston Respublikasida 1998-yil iyul oyidan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida Hal qiluv qarori qabul qilindi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi 2-darajali yurist
B.Kalbaev