Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyoti kushandasi


Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

Bugungi murakkab davrda diniy aqidaparastlik va terrorizmning dunyo xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani hech kimga sir emas. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalari (155, 1551, 1552, 2441, 2442, 2443-moddalari)da terrorizm, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g'risidagi ma'lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Bugungi kunda diniy ekstremizm hokimiyat uchun kurashda, millatlararo nizo va siyosiy mojarolarni keltirib chiqarishda dindan «siyosiy qurol» sifatida foydalanishda namoyon bo‘lmoqda. Dinni niqob qilgan ekstremistik harakatlar jamiyat rivojiga jiddiy tahdid solmoqda. Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o‘ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko‘pchiligi muqaddas islom dinini o‘ziga niqob qilib olgan. Ushbu tashkilotlar o‘z faoliyatiga ko‘proq yoshlarni va ayollarni jalb qilib, ulardan terrorchilik harakatlarida foydalanayotganini qayd etish lozim.
Tarixdan bilamizki, diniy ekstremistik oqimlar hamda terroristik tashkilotlarning rivojlanish tarixi uch bosqichga bo‘linadi: birinchi bosqichga
XVI-XVII asrlarda yuzaga kelgan «Ravshaniya» va «Dini ilohiy» oqimlari; ikkinchi bosqichga XVIII-XIX asrlarda yuzaga kelgan «Vahhobiylik»,  «Og'axoniya»,  «Shayxiya»,  «Bobiya»,  «Baxoiylik»  va «Ahmadiya harakati» oqimlari; uchinchi bosqichga XXXXI asrlarda yuzaga kelgan  «Soxta  salafiylik»,  «Musulmon  birodarlar»,  «Nurchilar», «Tablig'chilar», «Hizb ut-tahrir al-islomiy», «Falastin islom jihod tashkiloti», «Al-muhojirun», «Akromiylar», «Hizb an-nasr», «Jamoati islomiya»,  «Hizbulloh»,  «Hamas»,  «Al-qoida»,  «Islom  lashkarlari», «Turkiston islom harakati», «Islom jihodchilar harakati», «Ansor al- islom», «Boko xaram», «Islom jihodi guruhi», «Iroq va Shom islom davlati» («IShID»), «Jihodchilar» hamda boshqa shu kabi oqim va terrorchilik tashkilotlarini keltirish mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi muqaddas islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Markaziy Osiyo mintaqasiga tahdid solayotgan g'ayriqonuniy diniy oqimlarga «Hizb ut-tahrir», «O‘zbekiston (Turkiston) islom harakati», «Tablig'chilar», «Jihodchilar», «Akromiylar», «Nurchilar», «IShID» singari ekstremistik guruhlarni aytib o‘tish mumkin. Ularning asosiy maqsadi – xalifalik davlatini barpo etish uchun zamonaviy taraqqiyot yo‘lidan borayotgan davlatlarning konstitutsion tuzumini ag'darish, islom davlatini barpo etish, jihodga boshlash, hokimiyatni terror yo‘li bilan bo‘lsa-da egallashdan iborat. Masalan, vahhobiylik oqimi a'zolari fanatizm va «muqaddas urush» – jihod tarafdorlari bo‘lib, ular o‘z qarashlari yo‘lida hatto qarindosh-urug'larini, yaqinlarini ham ayamaganlar.
BMT Xavfsizlik kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, «Al-Qoida» faolligining kamayishi undan-da kuchliroq terrorchilik tashkilotlari, xususan, «Iroq va Shom islom davlati»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. 2014 yil 29 iyunda tashkilot rahbarlari tomonidan Iroq va Shom (Suriya) hududida xalifalik tuzilgani va Abu Bakr Bag'dodiy xalifa etib tayinlangani e’lon qilindi. Keyinchalik, «IShID» o‘zini «Islom davlati» deb nomladi. Tashkilotning bosh maqsadi islom shariatini qayta tiklash va amalga tatbiq etishdan iborat. Bu yo‘lda Iroq, Suriya mamlakatlari  negizida  sunniy  musulmonlarning  yagona  davlati  – «Xalifa»likni barpo etib, bosqichmabosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari hisobiga kengaytirish ko‘zda tutilgan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu ekstremistik tashkilotlarning maqsadi va harakatlari muqaddas islom dinining ezgu g'oyalariga aslo mos kelmaydi.
Aksincha, bu shunchaki, undan o‘z maqsadlari yo‘lida,
ko‘r-ko‘rona foydalanish, joiz bo‘lsa, dinimizni oyoqosti qilishdan boshqa narsa emas. Islom dinida inson hayotini, aqlini, dinini, naslini va mol-mulkini muhofaza qilish e’tirof etilgan. Shunday ekan, o‘zini yuksak ma'naviyatli inson deb bilgan har bir kishi ezgulikni yovuzlikdan farqlay olishi, doimo ogoh va hushyor bo‘lishi, zamonaviy tahdidlar va mafkuraviy bunday xurujlarga qarshi tura olishi eng muhim vazifadir.


B.Seytnazarov Nukus tumani adliya  
bo’limi YXKM boshlig’i