Янгиликлар
27
Gender tengligi
Gender tengligi
Gender tenglik, bu erkaklar va xotin-qizlar tengligi-insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, gender tenglik, iqtisodiy va ishtimoiy taraqqiyotning ham negizi hisoblanadi.
Milliy qonunchiligimizga «gender» tushunchasi 2019 yil 3 sentyabrdagi O’zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’ǵrisida»gi qonuni bilan kiritilgan bo’lib, unga ko’ra gender-xotin-qizlar va erkaklar ortasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, talim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo’ladigan ishtimoiy jihati hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu qonun bilan gender statistikasi — davlat statistikasining jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holati toǵrisida har bir jins bo’yicha alohida ko’rsatilgan malumotlarni oz ichiga olgan, har xil jinsdagi shaxslarning ishtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan qismi, gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taminlash principlariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish kabi tushunchalar ham qonunchiligimizga kiritildi.
Mazkur qonunning 1-moddasida, ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi takidlangan bolib, qonunda davlat organlaridagi vakolatli shaxsning xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taminlash sohasidagi vakolatlari, davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, davlat xizmatidagi lavozimlarni egallash uchun tanlovlarda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, iqtisodiy va ishtimoiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, uy mehnatini bajarishda teng munosabatlar kafolatlari belgilangan.
Shuningdek, ushbu qonunda agar shaxs o’zini jins boyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egaligi, bunda jins boyicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmasligi, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi toǵrisidagi ishlarni sudlarda ko’rish choǵida advokatlar tomonidan ko’rsatiladigan yuridik xizmatlarga haq to’lash qonunchilikda belgilangan tartibda, ularning xohishiga ko’ra davlat hisobidan qoplanishi ham nazarda tutilgan.
Shumanoy tumani adliya bolimi
yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshliǵi Utemuratov Baxıt Jiengalievich