Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?


AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish deganda, avtomototransport vositasini doimiy hisobga qo‘yish, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi berish tushuniladi.
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan belgilangan.
Ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy boshqarmalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatga                       olish-imtihondan o‘tkazish bo‘limlari, tuman, tumanlararo ro‘yxatga olish-imtihondan o‘tkazish bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
DYHXX organlarida dvigateli 50 va undan ortiq kub.sm ish hajmiga ega bo‘lgan yoki konstruksiyaviy tezligi soatiga 50 va undan ortiq kilometr bo‘lgan avtomototransport vositalari, elektrodvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bo‘lgan elektromobillar (elektromototsikllar, elektroskuterlar va boshqalar), shuningdek, tirkama va yarim tirkamalar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo‘lishi, o‘tishi, cheklanishi va tugatilishi kunidan yoki transport vositasining huquqiy holati o‘zgarishidan boshlab 10 kalendar kun ichida tegishli hududiy YHXX va uning hududiy boshqarmalariga texnik ko‘rikdan o‘tkazish murojaat qilishi zarur.
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hududiy DYHXX organlari tomondan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi avtomototransport vositasi olinganda;
b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari va yarim tirkamalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida bojxona ro‘yxatidan o‘tkazishda;
v) ilgari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositasining egasi o‘zgarganda;
g) avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan joyini o‘zgartirishni talab qiluvchi, avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holatlarda.
Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uning egasi yoki vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan quyidagi hujjatlarni topshiradi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasining avvalgi egasiga berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga belgilangan miqdordagi yig‘imlarni to‘laganlik to‘g‘risida va YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xizmatlarini to‘laganlik haqidagi bank to‘lov hujjati (yig‘imlar va to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar bundan mustasno).
Avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish yoki uni ro‘yxatga olishni asosli rad etish YHXX va uning hududiy boshqarmalarida murojaat qilgan kunning o‘zida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 23-noyabrdagi               174-sonli buyrug‘i bilan “Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalari” belgilangan.


Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti    S.Nurmaxashev