Янгиликлар
27
Onlayn davlat xizmatlari bu....
Onlayn davlat xizmatlari bu....
Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yangiliklar kundan kunga ortib bormoqda. Shu bilan birga davlat xizmatlari soni ham koʻpaymoqda, bu esa oʻz-oʻzidan davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning koʻpayishiga olib keladi. Biroq navbat kutmasdan kerakli davlat xizmatidan va umuman olganda uydan chiqmay turib ham barcha turdagi davlat xizmatlaridan mustaqil elektron ravishda foydalanish imkoniyati mavjud. Bunday qulay davlat xizmatlari yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz sayti orqali koʻrsatiladi. Mazkur saytdan nafaqat kompyuter orqali balki mobil versiyada ham bemalol qiynalmasdan foydalanish mumkun.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan bu kabi yangiliklar va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali mustaqil davlat xizmatlaridan foydalanish orqali siz qimmatli boʻlgan vaqtingizni tejagan boʻlasiz.
Shuningdek yana bir yangilik, endilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmat olsangiz, qancha summa toʻlov amalga oshirish lozimligi hamda toʻlangan summa haqida sms-xabar toʻgʻri telefoningizga kelib tushadi. Sms-xabarlar 2 tilda: ixtiyoringizga koʻra oʻzbek yoki rus tillarida keladi. Xabarda amalga oshirilishi kerak boʻlgan toʻlovning invoys raqami va belgilangan miqdori koʻrsatilgan boʻladi. Mazkur qulaylik, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiya holatlari oldini oladi va davlat xizmatlari tizimini yanada shaffof boʻlishini taʼminlaydi. Hozirda mazkur qulaylik aksariyat xizmatlar uchun mavjud. Tez vaqtda sms-xabarnoma funksiyasi FHDYO va tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlar uchun ham joriy etilishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Davlat xizmatlari markazlarida koʻrsatiladigan xizmat uchun toʻlovlarni mamlakatimizda mavjud barcha elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Misol uchun, Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum, banklar mobil toʻlov ilovalari va boshqalar.
To‘rtko‘l tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari
markazi direktori A.Matchanov