Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʼrsatish tartibi


          Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʼrsatish tartibi

Аytish kerakki, 2024-yil 10-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida boʼlgan xotin qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy,psixologik va yuridik xizmatlar koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida”gi PQ-175-son qarori qabul qilingan.
Muhim yangiliklardan biri,ushbu qaror bilan joriy yil 1- iyundan boshlab Inson ijtimoiy himoya markazlari tomonidan tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlganida himoya orderi talab etmagan holda ularga psixologik va yuridik yordam koʼrsatish belgilandi.
Bundan tashqari,mazkur qaror bilan tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlganlik haqidagi xabarlar tuman va shahar IIBning navbatchilik qismidagi 102 raqamli telefoni orqali qabul qilib olinib roʼyxatga olinishi belgilandi.
Shuningdek, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlganlik haqidagi xabarlar IIBning navbatchilik qismiga kelib tushgan va aniqlangan paytdan boshlab, 24 soat ichida quyidagi choralar koʼrilishi ham belgilandi.
Unga koʼra, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlgan shaxslar bilan profilaktik suhbt oʼtkazish,profilaktika inspektori tomonidan himoya orderini berish, tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlgan shaxslarni Markaziy shifoxonalarning shoshilinch tez tibbiy yordam boʼlimlariga joylashtirish,shuningdek tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan va jabrlanish xavfi boʼlgan shaxslarga doir maʼlumotlarni “Inson markazlari” “Yagona Milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga yuborish.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʼravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida boʼlgan xotin qizlarga himoya orderi talab etmagan hoolda ijtimoiy,psixologik va yuridik xizmatlar koʼrsatish tartibi toʼgʼrisida”gi PQ-175-son qarori tom maʼnoda, xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulьti Davronbek Аllabergenov