Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Markaz ish faoliyati toʼgʼrisida


                                     Markaz ish faoliyati toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik jihatdan taʼminlanmagan quyi boʼgʼinlariga markazlashgan holda yuridik xizmat koʼrsatish maqsadida, 2021 yil 29 iyun kuni “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Qarorning 4-Ilovasi bilan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga asosan, 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Mazkur Nizomning 5-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu Nizomning 6-bandiga koʼra, Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmasligi ham belgilandi.
Аytish kerakki, ushbu Nizomning 2-bobi,13-bandiga asosan markazlarning asosiy vazifalari ham belgilandi.
Ushbu Qarorga asosan, 2021- yil 1- oktyabrdan boshlab Markaz tomonidan tumandagi quyidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 -yil 18- mart kuni qabul etilgan “Yuridik xizmat koʼrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-173-son qarorining 2-bandiga koʼra, 2022 yil 1 avgustdan boshlab Markazar tomonidan qoʼshimcha 10 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatila boshlandi.
Аyni kunda, Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi 120 dan ziyod davlat organlari,tashkilotlari va muassasalariga yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda.
Аytish kerakki, 2024 yil 1-chorak davomida Markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan14148 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari ekspertizadan oʼtkazilgan.
Oʼtkazilgan ekspertiza natijasida,qonunchilikka muvofiq boʼlgani uchun 14 020 ta hujjat loyihalariga ijobiy, qonunchilikka nomuvofiq boʼlgani uchun 28 tasiga salbiy xulosalar berilgan boʼlsa, 91 ta hujjat loyihalari esa, qonunchilikka muvofiqlashtirish uchun rad etilib, ishlab chiqaruvchiga qayta ishlashga qaytarilgan.
Taʼkidlash kerakki, 2024 yil 1-chorak davomida yuridik xiizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar manfaatlarini koʼzlab, xoʼjalik rituvchi subʼektlarga 6 ta talabnomlar kiritilib, iqtisodiy sudlarga tashkilot qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 2 ta daʼvo arizalari kiritilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 260 ta Ye-huquqshunos elektron tizim orqali huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi. Shundan, 48 tasi ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi.
Xulosa oʼrnida aytganimizda, tuman adliya boʼlimi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan ichki idoraviy boshqaruvga oid yuridik tusga ega hujjatlarning puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash maqsadida malakali yuridik xizmat koʼrsatib kelmoqda.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
boshligʼi,2-darajali adliya maslahatchisi
Bekpulat Аvazmetov