Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Daʼvo muddati nima?


                                                    Daʼvo  muddati  nima?

Taʼkidlash joyizki, Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 149-moddasiga koʼra daʼvo muddati — bu shaxs oʼzining buzilgan huquqini daʼvo qoʼzgʼatish yoʼli bilan himoya qilishi mumkin boʼlgan muddatdir.
Ushbu kodeksning 150-moddasiga koʼra, umumiy daʼvo muddati 3 yil hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur kodeksning 151-moddasiga muvofiq ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Shu bilan bir qatorda,mazkur kodeksning 163-moddasi talabiga asosan, daʼvo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi.
Xususan, shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga;
omonatchilarning oʼz omonatlarini berish toʼgʼrisida bankka qoʼyadigan talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sogʼligʼiga yetkazilgan zararni toʼlash haqidagi talablarga;
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʼlash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʼz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʼlgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obʼektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
Mazkur kodeksning 153-moddas talabiga koʼra, fuqarolarning buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddatining oʼtganligidan qatʼi nazar, sudda koʼrib chiqish uchun qabul qilinadi.
Daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʼllanadi va qoʼllanish toʼgʼrisida nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʼtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʼladi.
                                                          Daʼvo  muddatining  oʼta  boshlashi
Mazkur kodeksning 154-moddasiga koʼra, daʼvo muddati shaxs oʼzining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʼlgan kundan oʼta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Muayyan ijro muddatiga ega boʼlgan majburiyatlar boʼyicha daʼvo muddati ijro muddati tamom boʼlganidan keyin oʼta boshlaydi.
Ijro etish muddati belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan majburiyatlar boʼyicha daʼvo muddati kreditorda majburiyatni bajarish toʼgʼrisida talab qoʼyish huquqi paydo boʼlgan vaqtdan oʼta boshlaydi, bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat berilsa, daʼvo muddati imtiyozli muddat tamom boʼlganidan keyin hisoblana boshlaydi.
Regress majburiyatlar boʼyicha daʼvo muddati asosiy majburiyat bajarilgan paytdan oʼta
                                                  Daʼvo  muddati  oʼtishining  toʼxtatilishi
Ushbu kodeksning 156-moddasiga koʼra daʼvo muddatining oʼtishi quyidagi hollarda toʼxtatiladi:
1) agar daʼvo qoʼzgʼatilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib boʼlmaydigan favqulodda hodisa (engib boʼlmas kuch) toʼsqinlik qilgan boʼlsa;
2) Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;
3) agar daʼvogar yoki javobgar harbiy holatga oʼtkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qoʼshinlari va ichki qoʼshinlar tarkibida boʼlsa;
4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari boʼlmasa;
5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatining amal qilishi toʼxtatilgan boʼlsa.
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʼgʼrisida kelishuv tuzilgan taqdirda.
Аgar ushbu moddada koʼrsatilgan holatlar daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oydan kam boʼlsa, daʼvo muddatida vujudga kelgan yoki davom etib turgan boʼlsa, daʼvo muddatining oʼtishi toʼxtatiladi.
Muddatning toʼxtatib turilishiga asos boʼlgan holat barham topgan kundan boshlab daʼvo muddatining oʼtishi davom etadi, bunda muddatning qolgan qismi olti oygacha, daʼvo muddati olti oydan kam boʼlsa, daʼvo muddatiga qadar uzaytiriladi.
                                                      Daʼvo muddatini tiklash
Ushbu kodeksning 159-moddasiga koʼra basharti, sud daʼvo muddatining oʼtkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Daʼvo muddatini oʼtkazib yuborish sabablari daʼvo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam boʼlsa, daʼvo muddatida yuz bergan boʼlsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
Аsosiy talab boʼyicha daʼvo muddati oʼtishi bilan qoʼshimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) boʼyicha daʼvo muddati ham oʼtgan hisoblanadi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov