Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi


                            Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi

Farmon bilan (PF-69-son, 30.04.2024 y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirishlar kiritildi. Unga ko'ra, 2024-yil 1-maydan quyidagilar belgilandi:
zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so'm;
ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 so'm;
o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 so'm;
boquvchisini yo'qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000  so'm;
boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 so'm qilib belgilandi.


Beruniy tumani yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i M. Kamalova