Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Terrorizm va diniy ekstremizm tushunchasi,mazmun-mohiyati


Terrorizm va diniy ekstremizm tushunchasi,mazmun-mohiyati

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishda koʻrinadi.
Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati tushuniladi. 20 asr oxirlarigacha diniy-ekstremizm va aqidaparastlikni tarqatish va aholi orasida yoyishning asosiy qurollari boʻlib turli adabiyot va nashrlar xizmat qilgan boʻlsa, zamonaviy texnologiya vositalari rivojlangan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet tarmogʻi diniy ekstremistik va aqidaparastlik gʻoyalarini tarqatishning eng optimal va qulay manbaiga aylandi.
Yurtimiz bunday illatlarning jabrini o’tgan davr mobaynida bir nechta bor totib ko’rgani hech kim sir emas.O’tgan davr mobaynida 1999-2000-2005yillar yurtimizning turli burchaklarida bu illat o’z aks sadosini berdi. Bu esa yurtimizda bu illatlarga qarshi g’oyaviy, huquqiy tayanchlar yaratishni kun tartibidagi masalaga aylantirib qo’ydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksida bu harakatlar uchun javobgarlik masalasi  qa’tiy tartibda belgilab qo’yildi, lekin bu ushbu illatlarga qarshi turish uchun yetarli emas.Insonlar ongida ushbu illatning qanchalik jirkanch ekanligi haqida tushuncha paydo bo’lmas ekan hquqiy asoslar yaratilishidan hech qanday ma’no qolmaydi.

Beruniy tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
2-darajali Bosh yuristkonsulti M.Xaytbayev