Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Diniy ekstremizm va terrorizm


Diniy ekstremizm va terrorizm

Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʼrquv uygʼotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʼziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʼotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʼravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʼoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʼlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʼrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʼrlik yoʼli bilan hal qilishga intilishda koʼrinadi.
Oʼzbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda Oʼzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʼgʼrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam boʼldi.
Terrorizm (lotincha “qoʼrqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qoʼrquv uygʼotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qoʼporuvchilik sifatida namoyon boʼlmoqda.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʼlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʼlgan gʼoyalarni aldov va zoʼrlik bilan targʼib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʼliq boʼlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
Yurtimizda tinchlik, farovonlik va millatlararo oʼzaro totuvlik hukm surmoqda. Bu bebaho neʼmatlarning qadriga yetish barchamizning burchimizdir. Bu tinchlik, taraqqiyot va farovonlik oʼz-oʼzidan boʼlayotgani yoʼq, albatta. Bu, avvalambor, Аlloh taoloning bizga ravo koʼrgan cheksiz inoyati boʼlsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan vijdon erkinligi va diniy bagʼrikenglikni taʼminlashda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy-ekstremizm va terrorizmning nafaqat umumeʼtirof etilgan zamonaviy qonunlar, balki islom dini asoslariga ham zid ekanini koʼrsatadi. Shunday ekan, diniy-ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda barchamiz oʼz masʼuliyatimizni his etishimiz, ogoh boʼlishimiz, vatanimizning kelajagi uchun javobgar ekanimizni unutmasligimiz lozim.

Toʼrtkoʼl tuman Аdliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti  Nasiba Radjapova