Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Bola huquqlarini himoya qilish kafolatlari


                                Bola huquqlarini himoya qilish kafolatlari

Soʼnggi yillar mobaynida, yurtimizda bolalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlar yaratib berish va ularning huquqlarini toʼlaqonli himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan.
Xususan, yangi tahrirda qabul qilingan hamda beshta huquqiy normalarni oʼz ichiga olgan Konstitutsiyaning 14- bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan boʼlib, bola huquqlarining toʼliq kafolatlanganligini koʼrish mumkin.
Konstitutsiyamizning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar” deb belgilab qoʼyilgan boʼlsa.
Konstitutsiyaning 78-moddasida “Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deb belgilangan.
Eʼtiborli jihatlardan biri, Bosh qomusimizda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʼlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati ekanligi qatьi belgilangan.
Bundan tashqari, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʼlgan mehr-muhabbat tuygʼularini shakllantirish toʼgʼrisida gʼamxoʼrlik qiladi deb belgilangan.
Maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasining 2008 yil 7 yanvarda “Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida”gi OʼRQ-139-son Qonuni qabul qilingan.
Mazkur Qonunning 7-moddasida ham “har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli boʼladi va davlat tomonidan kafolatlanadi” deb belgilab qoʼyilgan.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4296-son qarori qabul qilingan.
Muhim jihatlardan biri, ushbu qaror bilan bolalarni himoya qilish maqsadida, sudlarga ariza bilan murojaat qilgan daʼvogar davlat boji va boshqa toʼlovlarni toʼlashdan ozod qilinish ham belgilab qoʼyilgan.
Xulosa oʼrnida aytganimizda, hech bir shubhasiz,yurtimizda bolalarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlar yaratib berish hamda ularning huquq va erkinliklarini toʼlaqonli himoya qilishga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratilgan desak, aslo xato boʼlmaydi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti
Ilхam Kurbanbaev