Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi


Elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlandi

Ma’lumki, mamlakatimizda iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi yenergiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida, 2024-yil 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yonilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 204-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, 2024- yil 1- maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining «bazaviy me’yorlari tasdiqlandi.
Ushbu qarorning b)-bandiga ko‘ra, ayrim toifadagi iste’molchilar yani ehtiyojmand oilalar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etilishi belgilandi.
Shunga ko‘ra, bunda ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar Yagona reestrga kiritilgan oilalar nazarda tutilmoqda.
Bunda, Yagona reestrga kiritilmagan, «mahalla yettiligi» xulosasi asosida aniqlanadigan qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ham e’tiborga olingan.
Qarorga ko‘ra, mahalla yettiligi» tomonidan shakllantirilgan qo‘shimcha ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalar soni tegishli mahalladagi Yagona reestrga kiritilgan oilalar sonining 15 foizidan oshmasligi kerakligi belgilandi.
Mazkur qarorga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun to‘lovlar oktyabr oyidan boshlab amalga oshirilishi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda,qaror bilan minimal iste’mol xarajatlari miqdori o‘zgarishi munosabati bilan 2024 yil 1 mayga qadar eng kam pensiya va nafaqa miqdorlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritilishi ham belgilandi.
Muhim o‘zgarishlardan biri, qarorning 10-bandiga ko‘ra, 2024 yil 1 iyuldan boshlab yuridik shaxslarga yetkazib beriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlar 100 foiz oldindan amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur qaror bilan, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim yetilishi belgilandi.
Xususan, 2024-yil noyabr oyida – 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam,elektr yenergiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Qarorga ko‘ra, tabiiy gaz uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250-kub metrgacha,shuningdek elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha belgilandi.
Xulosa o‘rnida aytganda,ushbu qaror tom ma’noda, yurtimizda iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy yetilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazilishida xizmat qilishi, shubhasiz.

Ellikqa’la tuman adliya bo‘limi,
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
A.Kadirov