Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Huquqbuzarliklar profilaktikasi


Huquqbuzarliklar profilaktikasi

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida”gi  Qonuni mazkur  sohadagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo'lib, kelgusida yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan.
Mazkur Qonunga ko'ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi deganda huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo'llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi tushuniladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy printsiplari sifatida qonuniylik, insonparvarlik, tizimlilik, ishontirish usulining ustuvorligi, ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish belgilangan.
Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlaydigan idoralarning ro'yxati kengaytirildi. Ular qatoriga, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan an'anaviy tarzda shug'ullanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ta'lim, sog'liqni saqlash tizimini davlat tomonidan boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari kiritildi. Сhunki u yoki bu shaxsning huquqbuzar bo'lib yetishishiga ta'lim-tarbiyaning yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi, ta'lim oluvchilar bo'sh vaqtining maqsadli tashkil qilinmaganligi, shuningdek ta'lim muassasasini bitirgandan so'ng ish bilan ta'minlanmaslik kabi omillar ta'sir o'tkazadi.
Bunday kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik maqsadida Qonunda ta'lim, sog'liqni saqlash muassasalarining ichki ishlar organlari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasidagi hamkorligining aniq mexanizmlari belgilab berilgan. Xususan, Qonunning 17-moddasiga ko'ra, ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari ichki ishlar organlariga huquqbuzarliklar faktlari haqida, odamlarning hayotiga yoki sog'lig'iga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar to'g'risida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida, ta'lim oluvchi shaxs g'ayriijtimoiy xulq-atvorga va huquqbuzarliklar sodir etishga jalb etilganligi haqida, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'lgan shaxslar haqida xabar qilishi shartligi mustahkamlangan.
Bir so'z bilan aytganda mazkur Qonun fuqarolarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashga, turli tajovuz va tahdidlardan muhofaza qilingan holda tinch-osoyishta hayot kechirishga, ish bilan ta'minlanish kafolatlarini kuchaytirishga, ta'lim oluvchi shaxslarning bandligi va bo'sh vaqtini maroqli o'tkazilishini ta'minlashga, sog'lom turmush tarzini kechirishlariga ko'maklashishga xizmat qiladi.

To`rtko`l tuman adliya bo`limi,
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
boshlig`I  Bekpulat Avazmetov