Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bir murojaat izidan


Amudaryo tumani adliya bo‘limi va FHDY bo`limining ko‘magi bilan fuqaroga o`lim guvohnomasi rasmiylashtirib berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Amudaryo tumani adliya bo‘limi FHDY bo`limiga Amudaryo tumani Chordara MFYda yashovchi fuqaro M.B 1961 yil 19 may kuni tug`ilib, 2011 yil 7 dekabr kuni kasallanib vafot etgan turmush o`rtog`ining o`limi e`tiborsizligi tufayli qayd qilinmay qolganligi sababli o`lim haqida guvohnomani rasmiylashtirib berish uchun murojaat qilgan.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2013 yil 31 dekabr 400-mh-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan 2547-sonli yo`riqnomaning 99-bandiga asos “o`limni qayd etish o`lim haqidagi tibbiy guvohnoma yoki sudning shaxsni vafot etgan deb e`lon qilish haqidagi hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi”  deyilgan, shu sababli fuqaro M.Bga tuman sudiga murojaat qilishi mumkinligi haqida xat berilib,huquqiy maslahatlar berildi.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi yordamida turmush o`rtog`ining o`limi qayd qilinmaganligi haqida ma`lumotnoma Qoraqalpog`iston Respublikasi FHDY arxividan olinishida amaliy yordam berildi.
Shuningdek, adliya bo`limi tomonidan, O`zbekiston Respublikasi adliya vazirligining 18-yanvar sanasidagi “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi o`tkazilishi haqida” gi 12-um-sonli buyrug`ining ijrosini ta`minlash maqsadida fuqaro M.Bning manfaatini ko`zlab, yuridik faktni aniqlash maqsadida tuman FIB sudiga da`vo ariza kiritilishida amaily yordam berildi.
FIB Amudaryo tuman sudining 2024 yil 25 mart kungi 2-2305-2402/373-sonli hal qiluv qaroriga asos 2024 yil 26 aprel kuni M.Bga 2011 yil 7 dekabrda vafot etgan turmush o`rtog`ining 4-2308-24-00284-sonli o`lim haqida guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Amudaryo tumani FHDY
bo`limi mudirasi M.Eshmuradova