Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bir murojaat izidan


Amudaryo tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Y.Y ning o`lim guvohnomasini rasmiylashtirish haqidagi murojaati FHDY bo’limi bilan hamkorlikda ijobiy hal qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Amudaryo tumani adliya bo‘limi FHDY bo`limiga Amudaryo tumani Chordara MFYda yashovchi fuqaro A.S  1961 yil 19 may kuni tug`ilib, 2011 yil 7 dekabr kuni kasallanib vafot etgan turmush o`rtog`i Y.Yning o`limi e`tiborsizligi tufayli qayd qilinmay qolganligi sababli o`lim haqidagi ma’lumotnomani olish uchun 02.02.2024-yilda murojaat qildi.
A.Sning “O'lim ro'yxatga olinganligi haqida ma'lumotnomani olish” bo’yicha murojaati belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilib, marhum turmush o’rtog’i Y.Yning O‘lim qayd etilmaganligi haqida 3433–sonli ma’lumotnoma Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi FHDY arxividan olinishida amaliy yordam berildi.
Shuningdek, A.S ga 1961 yil 05 oyi 19 kunida tug`ilgan marhum Y.Yning o`lim haqida dalolatnoma yozuvi FHDY arxivida (“FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi bo`yicha) 1961-2024 yillar tekshirilganda mavjud emasligi sababli o`lim haqida dalolatnoma yozuvini tiklash masalasida tuman FHDY bo`limiga murojaat etishi mumkinligi tushuntirildi.
Amudaryo tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo’limi bilan hamkorlikda, Fuqaro A.S naga 2011 yil 7 dekabrda vafot etgan turmush o`rtog`i Y.Yning  o`lim haqida guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
    
Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori S.D.Sultanov