Янгиликлар
29
Xorijga chiqish pasportini qanday qilib olish mumkin?
Xorijga chiqish pasportini qanday qilib olish mumkin?
Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish, bu qanday ishlaydi?
1. Arizachi davlat xizmatini elektron tarzda olish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tiladi
2. So‘rovnomani to‘ldirib vakolatli organga yuboriladi
3. Arizachi belgilangan muddatda ma’lumotlar yig‘ish punktiga qo‘l barmoq izlarini topshirish va su’ratga tushish uchun shaxsan tashrif buyuradi
4. Xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha fuqarolik pasporti yoki unga tenglashtirilgan hujjatni belgilangan kun va vaqtda vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etish
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Bog‘lanish: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish idoralari
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti
• Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartasi
• Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash ID kartasi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: 10 ish kuni mobaynida
Xizmat narxi: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Ellikqal’a tumani Adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ababekov