Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi orqali 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar


Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi orqali 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar

Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish hamda soddalashtirish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 1-choragida 21 ta yangi xizmatlarni koʻrsatish joriy etildi.
Davlat xizmatlari sonini yil ohiriga qadar 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslaring davlat xizmatlaridan foydalanish koʻrsatkichlari yil sayin oshmoqda.
Amudaryo tumani Adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy yilning 1-choragi davomida 20493 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Jumladan, 14078 ta davlat xizmatlaridan bevosita markazga murojaat qilgan holda, 6415 ta davlat xizmatlaridan elektron (onlayn) shaklda foydalanishgan.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻrsatkichlari jami 1125 tani tashkil qiladi. Shu jamladan 78 ta yuridik shaxslar, 1047 ta yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs tashkil etmasdan dehqon xoʻjaliklari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Amudaryo tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2024-yilning yanvar-mart oylarida 400ga yaqin davlat xizmatlari olis hududlarga chiqqan holda koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023-yildagi “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 612-sonli Qaroriga muvofiq Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur Maʼmuriy reglament jismoniy va yuridik shaxslarga ayrim turdagi maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Reglamentning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Maʼmuriy reglamentning qabul qilinishi natijasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish (birlashtirish) va ularning sonini maqbullashtirildi.


Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori:                  S.D.Sultanov