Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi


Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi

Maʼlumki, 2023 yil 23 mart kungi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 119-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga muvofiq, yoshga doir nafaqa bolalikdan nogironligi boʼlgan farzandi bor (boʼlgan) onalarga — 55 yosh, ayollarga — 60 yosh va erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanishi belgilangan.
Pensiyaning qaday turlari mavjud?.
Oʼzbekistonda pensiyaning uchta turi mavjud. Bular:  yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi va  boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda, ayollar esa 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Shaxs vafot etsa uning qaramogʼida boʼlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʼladi.
Yoshga doir nafaqa olish uchun qanday hujjat talab etiladi?
Pensiya tayinlashda uyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-Jumladan, ish stajini, xamda maxsus ish stajini tasdiqlovchi hujjat va ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102 son «Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi qaroriga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʼqish hamda harbiy xizmat davri toʼgʼrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo boʼlgan chogʼida ishlamaydigan fuqarolarga oʼzlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Bandlikka koʼmaklashish markazlariga murojaat qilish orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʼrinlarda — YaMMT IDАK)ga kiritish xizmati joriy etiladi;
davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDАKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʼqish hamda harbiy xizmat davri toʼgʼrisidagi hujjatlar Pensiya jamgʼarmasi tomonidan YaMMT IDАKdan foydalangan holda elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida olinadi;
davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.
Ish staj qanday hisoblanadi?.
Qarang, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan: Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Biroq, 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud boʼlmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shu bilan birga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 fevraldagi Farmoni, 03.02.2021 yildagi PF-6155-son Farmoni 10-bandiga asosan pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib oʼrnatilishi belgilangan, unga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab:
pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular boʼyicha aniqlangan ortiqcha toʼlovni undirish bekor qilinadi;
ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush oʼrtoqlari kelgusida pensiya taʼminotiga ega boʼlishlari uchun oʼz daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq toʼlash huquqi beriladi;
pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga koʼra roʼyxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʼyicha tayinlanadi va toʼlanadi.
Ish stajini tasdiqlovchi hujjat boʼlmaganida nima qilish kerak?.
Maʼlumki, ish haqini guvohlar koʼrsatmasi asosida aniqlashga yoʼl qoʼyilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan koʼchirmalar va jamoat tashkilotlarining aʼzolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat oʼrnini bosa olmaydi. Ish haqi toʼgʼrisida arxiv maʼlumotlari mavjud boʼlmaganda ish haqi miqdorini aniqlash:
2005 yildan keyingi davr uchun — jamgʼarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar;
2016 yildan keyingi davr uchun — Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasiga oʼtkazilgan sugʼurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlari;
2019 yildan keyingi davr uchun — fuqarolarning ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reestri maʼlumotlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qisman mavjud boʼlmagan hollarda mavjud boʼlmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari qabul qilinadi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulьti
Ilxam Kurbanbaev