Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi


                         Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

Аytish joyizki, yurtimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda, davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʼrlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʼliq jinoyatlarni sodir etilishi hokimiyatning obroʼsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʼladi.
Maʼlumki, korruptsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogʼliq boʼlgan jinoyat turi hisoblanadi va har qanday mamlakatning rivojlanishi tanazzuliga olib keladi.
Yuridik etmiologiyaga koʼra, korruptsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri boʼlib, korruptsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni koʼzlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qoʼlga kiritish tushuniladi.
Maʼlumki,korruptsiya- atamasi “buzish, pora evaziga ogʼdirish” degan maʼnoni anglatadigan lotincha “corruptio” soʼzini anglatib, korruptsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Korruptsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining oʼziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi.
Shu boisdan ham,yurtimizda korruptsiyaga qarshi avvalombor, maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlar tizimli ravishda koʼrilmoqda.
Shu asnoda, malakatimizda ijro etuvchi organlar ustidan fuqarolik jamiyat institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “Oʼzbekiston Respublikasida jamotchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonunni qabul qilingan.
Darhaqiqat, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi.
Shu maʼnoda, aynan “Oʼzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati toʼgʼrisida”gi Qonunini qabul qilishning ahamiyati beqiyosdir.
Taʼkidlab oʼtish joyizki,yurtimizda korruptsiyaviy jinoyatchilikning sabablarini aniqlash choralari koʼrilmoqda, shuningdek fosh etilgan korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir qilgan shaxslar qattiq jazolanmoqda.
Xulosa oʼrnida aytganimizda, korruptsiyaga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimizfaol ishtirok etishlari zarur. Shundagina,jamiyatning barcha boʼgʼinidagi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi harakatlari bilan,korruptsiyaga qarshi samarali natijalarga erishish mumkin.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi bosh yuriskonsulьti
Nasiba Radjapova