Янгиликлар
25
TRANSPORTNI RO‘YXATGA OLISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI FUQAROLARNING YASHASH JOYIGA BORIB KO‘RSATILADI.
TRANSPORTNI RO‘YXATGA OLISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI FUQAROLARNING YASHASH JOYIGA BORIB KO‘RSATILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-avgust kungi «Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 321-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovaga «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti»iga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur Reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ularning xohishiga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov asosida, shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi (o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashovchi keksalar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar)ga qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda, Davlat xizmatlari yagona reestrida belgilangan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlarini ularning yashash joyiga borib, planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida ko‘rsatish hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid rasmiy hujjatlarni qo‘shimcha to‘lov asosida yetkazib berish tartibini belgilaydi.
Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi istagini bildirgan murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, «Call-markaz», mobil ilovasi yoki YaIDXP orqali murojaat etishi mumkin.
Murojaat etuvchilar «Call-markaz» orqali murojaat etganda, vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan qabul qilinadi va murojaat etuvchiga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
ko‘rsatiladigan sayyor davlat xizmatlarining turlari;
sayyor davlat xizmatlarining turiga qarab zarur hujjatlar ro‘yxati;
sayyor davlat xizmatlari uchun to‘lov miqdori;
sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish hududi.
Murojaat etuvchilar muayyan sayyor davlat xizmatini tanlagandan so‘ng murojaat etgan kunning keyingi haftasidan ushbu xizmat ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan kunni «Call-markaz»ning mas’ul xodimi bilan kelishadi.
Sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti vakolatli organ va uning hududiy bo‘linmalarining ish vaqti doirasida belgilanadi.
«Call-markaz»ning mas’ul xodimi murojaat etuvchilardan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kirishi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni so‘rab oladi va ular asosida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali tekshiradi, ma’lumot tasdiqlansa «Call-markaz»ning mas’ul xodimi ushbu ma’lumotlarni tizimda qayd etadi.
«Call-markaz»ning mas’ul xodimi murojaatni qabul qilgandan so‘ng vakolatli organ va uning tegishli hududiy bo‘linmasini sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatish haqida xabardor qiladi, vakolatli organ yoki uning hududiy bo‘linmasi sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi xabarni olgach, ushbu xizmatlarni ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘radi.
Sayyor davlat xizmatlari orqali ko‘rsatilgan davlat xizmatlari uchun davlat boji va yig‘imlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida ko‘rsatishda yo‘l xarajatlari davlat xizmatini ko‘rsatish hududi xususiyatidan kelib chiqqan holda, kalkulyatsiya natijalariga asosan belgilanadi.
Vakolatli organ va uning hududiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlari murojaat etuvchilarning yashash joyiga xizmat avtotransport vositasida yetib boradi va planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Ellikqal’a tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori
Xadjiyev Nizamjon Toxtabayevich