Янгиликлар
25
Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi
Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi
“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (204-son, 16.04.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:
- 2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigi;
- 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste'molining “bazaviy me'yorlari”.
- 2024-yil 1-maygacha yoqilg'i-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste'mol xarajatlari qiymati qayta ko'rib chiqiladi.
- Qarorga muvofiq, quyidagi toifadagi iste'molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha xarajatlarni qoplash bo'yicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
- Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qo'shimcha ehtiyojmand oilalar. Shuningdek, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:
- noyabr oyida 270 ming so'm miqdorida bir martalik moddiy yordam o'tkazib beriladi;
- elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha quyidagi miqdorlardagi iste'mol uchun bazaviy me'yor doirasidagi hamda bazaviy me'yordan oshgan narxlar o'rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:
- tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
- elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me'yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Beruniy tuman Adliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i: M.Kamalova
I-darajali yurist