Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yangi Mehnat kodeksida nogironligi boʼlgan shaxslar uchun imtiyoz va kafolatlari


Yangi Mehnat kodeksida nogironligi boʼlgan shaxslar uchun
imtiyoz va kafolatlari

Taʼkidlash joyizki, Oʼzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida yurtimizda nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan bir qator huquqiy normalar oʼrin olgan.
Xususan,Mehnat kodeksining 423-moddasi nogironligi boʼlgan shaxslarni ishga qabul qilish kafolatlari deb nomlangan boʼlib,unga koʼra nogironligi boʼlgan shaxslarga «Аholi bandligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish oʼrinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish oʼrinlariga mahalliy mehnat organlari yoʼllanmasiga koʼra ishga joylashishi kafolatlangan.
Bundan tashqari, kodeksning 424-moddasi nogironligi boʼlgan shaxslar mehnatidan ularga sogʼligʼining holatiga koʼra qarshi koʼrsatma boʼlgan ishlarda foydalanishni taqiqlash deb belgilangan unga asosan nogironligi boʼlgan shaxslar mehnatidan ularga sogʼligʼining holatiga koʼra qarshi koʼrsatma boʼlgan ishlarda foydalanish taqiqlanishi va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi boʼlgan shaxslarning toʼliqsiz ish vaqti rejimi toʼgʼrisidagi, yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari toʼgʼrisidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiyligi qatьiy belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 425-moddaasi nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnat huquqlari himoya qilishga bogʼishlangan boʼlib, unga asosan nogironligi boʼlgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, taʼtillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular oʼzi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qoʼshimcha imtiyozlardan foydalanishi hamda Jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat shart-sharoitlari, shu jumladan ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik mehnat taʼtilining davomiyligi qonunchilikda belgilanganidan kam boʼlishi hamda boshqa xodimlarga nisbatan nogironligi boʼlgan shaxslarning holatini yomonlashtirishi yoki ularning huquqlarini cheklashi mumkin emasligishuningdek nogironligi sababli nogironligi boʼlgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga koʼtarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʼra bekor qilishga yoʼl qoʼyilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga koʼra nogironligi boʼlgan shaxsning sogʼligʼi holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sogʼligʼiga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno ekanligi belgilangan.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 426-moddasi nogironligi boʼlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʼriklari deb nomlangan boʼlib unga koʼra, nogironligi boʼlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtkazib turilishi lozimligi koʼrsatilgan.
Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan nogironligi boʼlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʼriklari ish beruvchining mablagʼlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Muhim jihatlardan biri,Mehnat kodeksining 427-moddasiga koʼra, I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan boʼlib unga koʼra, I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga oʼttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanishi hamda I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʼttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerakligi belgilangan.
Eʼtiborli jihatlardan biri, kodeksning 428-moddasi nogironligi boʼlgan xodimlarni xizmat safariga yuborishning, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishning oʼziga xos xususiyatlari deb nomlangan boʼlib,unga koʼra nogironligi boʼlgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan boʼlsa, yoʼl qoʼyilmaydi deb belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksida ishlayotgan I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlar uchun yillik mehnat taʼtillarini berish ham huquqiy jihatdan tartibga solingan.
Xususan,Mehnat kodeksining 429-moddasiga asosan, I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlarga davomiyligi kamida oʼttiz kalendarь kundan iborat yillik mehnat taʼtili beriladi va ular bu taʼtildan yilning oʼzlari uchun qulay boʼlgan vaqtida foydalanishi mumkin emasligi,agar yillik mehnat taʼtili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar boʼlgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat taʼtilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanishi,shuningdek I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʼl qoʼyilmasligi belgilangan.
Shu bilan bir qatorda, mazkur kodeksda I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimning ish haqi saqlanmagan holda taʼtil olish huquqlari ham mustahkamlab qoʼyilgan.
Xususan, Mehnat kodeksining 430-moddasiga koʼra, ish beruvchi I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimning xohishiga koʼra uning yozma arizasi asosida unga ish haqi saqlanmagan holda har yili davomiyligi oʼn toʼrt kalendarь kungacha boʼlgan taʼtil berishi shartligi,Mehnat kodeksining 431-moddasida esa, I va II guruh nogironligi boʼlgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq toʼlash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga toʼliq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshirilishi belgilangan.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov