Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Oʼgʼirlik jinoyati tushunchasi, javobgarlik asoslari va uni oldini olish choralari


Oʼgʼirlik jinoyati tushunchasi, javobgarlik asoslari va uni oldini olish choralari

Taʼkidlab oʼtish kerakki, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, mamlakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Mulk daxlsizdir va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi, unga qilingan har qanday tajovuz qonunga xilof deb hisoblanadi.
Oʼgʼrilik jinoyati tushunchasi
Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan oʼgʼrilik bu- oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish hisoblanadi.
Javobgarlik asoslari
Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 3-boʼlimi 169-moddasida oʼgʼrilik, yaʼni oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish koʼrsatilgan boʼlib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.
Oʼgʼrilik:
a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʼl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʼayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʼlsa,
eng kam oylik ish haqining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan.
Oʼgʼrilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) kompьyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;
v) koʼp miqdorda;
g) neftь quvurlarida, gaz quvurlarida, neftь va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan boʼlsa,
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi
Oʼgʼrilik:
a) juda koʼp miqdorda;
b) oʼta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʼzlab sodir etilgan boʼlsa,
sakkiz yildan oʼn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi deb koʼrsatilgan
Oldini olish choralari
Hozirgi kunda mamlakatimizda sud-huquq islohotlari oʼzining avj pallasida boʼlib, nafaqat sud sohasida, balki boshqa huquq-tartibot idoralari tizimida ham zamon talablaridan va hozirgi globallashuv jarayonlari jadal kechayotgan bir davrda yuzaga kelgan real vaziyatdan kelib chiqqan holda keng qamrovli oʼzgarishlar amalga oshirilmoqda va pirovardida bularning barchasi davlatimizning taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji va xalqimiz manfaatiga xizmat qilmogʼi lozim.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak oʼgʼirlik,firibgarlik,badanga qasdan ogʼir tan jarahati yetkazish bilan bogʼliq jinoyatlarning oldini olish maqsadida, mahallalarga biriktirilgan masʼullar, profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʼini raislari keng jamoatchilik oʼrtasida oʼgʼrilik va firibgarlik, badanga qasdan ogʼir tan jarahati yetkazish jinoyatlarining kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoiatlar muxokama etilib, shu kabi jinoyatlarni oldini olish boʼyicha manzilli chora-tadbirlarni koʼri, shuningdek aholi va keng jamoatchilik orasida viktimologik profilaktikani yanada kuchaytirish lozim.
Shundagina oʼgʼirlik bilan bogʼlik jinoyatlarga qarshi samarali kurashish va uning oldini olish mumkin.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov