Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Qonunchilikdagi yangiliklar


Qonunchilikdagi yangiliklar

                                       Bola huquqlari boʼyicha vakili ombudsman

Аytish joyizki,soʼnggi yillarda mamlakatimizda bola huquqlari toʼgʼrisidagi qonunchiligini yanada takomillashtirishga va uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʼmaklashish,shuningdek fuqarolarning bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga yordamlashish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevralь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bola huquqlari boʼyicha vakili (ombudsmani) toʼgʼrisida OʼRQ-917-sonli 7-bob va 45-moddadan iborat boʼlgan yangi qonuni qabul qilindi.
Qonun bilan yurtimizda bola huquqlari boʼyicha vakili Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirishi hamda bola huquqlari boʼyicha vakil oʼz faoliyatining asosiy printsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yoʼl qoʼymaslik, xolislik, ochiqlik, bola huquqlarining ustuvorligidan iborat kanligi belgilandi.
Mazkur qonunga koʼra, endilikda saylanish kuni yigirma besh yoshga toʼlgan, kamida besh yil Oʼzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi Bola huquqlari boʼyicha vakil lavozimiga saylanishi mumkinligi aniqlashtirilib berildi.
Shuningdek,mazkur qonunga koʼra, bola huquqlari boʼyicha vakil Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanishi, bola huquqlari boʼyicha vakil lavozimiga nomzod Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʼrib chiqishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilishi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Bola huquqlari boʼyicha vakilni saylash toʼgʼrisidagi qarori palatalarning majlislarida tegishincha Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati aʼzolari umumiy sonining koʼpchilik ovozi bilan qabul qilinishi belgilandi.
Muhim oʼzgarishlardan biri,qonunga koʼra bola huquqlari boʼyicha vakilga oʼz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar kafolatlanadi, uning huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi va bola huquqlari boʼyicha vakilning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonunga muvofiq maʼmuriy, jinoiy yoki boshqa tarzdagi javobgarlikka sabab boʼlishi ham belgilandi.
Qonunning 10-moddasiga asosan, bola huqulari boʼyicha ombudsmanning asosiy vazifalari ham belgilandi.
Unga koʼra, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʼyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
bolalar hamda ularning qonuniy vakillari oʼrtasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʼgʼrisidagi qonunchilikni tushuntirish;
bola huquqlari va Bola huquqlari boʼyicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targʼib qilish;
aholining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʼyicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʼmaklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʼgʼrisidagi murojaatlarini koʼrib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;
bola huquqlari toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini oʼrganish;
bola huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq etish masalalarini oʼz vakolatlari doirasida oʼrganish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining taʼminlanishini hamda himoya qilinishini monitoring qilish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, bolaning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari tiklanishiga koʼmaklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularning himoya qilinish holati toʼgʼrisida jamoatchilikni xabardor etish;
nogironligi boʼlgan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-onasi qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlaganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga koʼmaklashish;
tarbiya muassasalarini tamomlagan, uy-joyga muhtoj boʼlgan yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalarning aniq maqsadli kommunal turar joy fondidagi sanitariya, texnik normalarga hamda qonunchilikning boshqa talablariga javob beradigan turar joylar bilan taʼminlanishiga koʼmaklashish;
bola huquqlari toʼgʼrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga koʼmaklashish, bolaning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan bola huquqlari va erkinliklari masalalariga oid xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish toʼgʼrisida takliflar kiritish;
voyaga yetmaganlar oʼrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatda ishtirok etish;
davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining bola huquqlarini taʼminlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga tavsiyalar va xulosalar berish orqali koʼmaklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, mazkur qonun tom maьnoda,yurtimizda Bola huquqlari boʼyicha vakil bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalarini, usullarini va mexanizmlarini oʼrgatishni huquqiy jihatdan tartibga solishi,shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov