Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalari


Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʼzgartish  va qoʼshimchalari

Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʼzgartish   va qoʼshimchalari Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda maʼqullangan . Oʼzbekiston Respublikasining 2018 yil  24 yanvarda qabul qilingan OʼRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Аxborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10,  672-modda; 2019 yil, № 3,161-modda) quyidagi oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritilgan.
  Kodeksining 162-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilgan «Ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʼyicha harakatlar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʼzgʼatish toʼgʼrisidagi ajrimda bayon etilishi mumkin, bundan ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʼida sudgacha majlis oʼtkazish hollari mustasno»; 163-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan : «Ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʼida sudьya fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʼyicha, bundan soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼriladigan ishlar mustasno, daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan va ish qoʼzgʼatilgan kundan eʼtiboran oʼn kun ichida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudgacha majlis oʼtkazishi mumkin «1631-modda. Sudgacha majlis Sudgacha majlis oʼtkazish chogʼida sudьya toʼgʼrisida.
Bundan tashqari,171-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilgan «Sud kutilmagan va favqulodda holatlarda ishni sud majlisida koʼrish mumkin boʼlmagan taqdirda holatlar toʼgʼrisida oʼzgartirishlar kiritib oʼtilgan.
Ishda ishtirok etuvchi, ammo sud majlisiga kelmagan shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda yangi sud majlisining vaqti va joyi toʼgʼrisida xabardor qilinadi. Sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallariga qoʼshib qoʼyiladigan tilxat orqali xabardor qilinadi.Sud muhokamasi keyinga qoldirilganidan soʼng davom ettiriladi. Zarur boʼlgan taqdirda ishning muhokamasi u qoldirilganidan keyin boshidan boshlanadi». Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirgan.

Beruniy tuman аdliya bo'limi
yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i:                    M.Kamalova
I-darajali yurist