Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Konstitutsiyaviy islohatlar


Konstitutsiyaviy islohatlar

Taʼkidlash joyizki, soʼnggi yillar mobaynida, Oʼzbekistonda uchinchi Renessans asoslarini shakllantirishga qaratilgan keng koʼlamli va shiddatli demokratik islohotlar amalga oshirildi.
Konstitutsiyaviy islohotlarning quyidagi ustuvor 9 ta yoʼnalishlari belgilangan:
birinchidan, avval amal qilgan “davlat – jamiyat – inson” paradigmasini yangi “inson – jamiyat – davlat” paradigmasiga oʼzgartirib, konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash;
ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlash. Bu xalqchil davlatni bunyod etishning eng muhim shartidir;
uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrni va maqomini, “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” tamoyilini konstitutsiyaviy mustahkamlash;
toʼrtinchidan, oila institutini rivojlantirish, boʼlajak avlodlarga anʼanaviy insoniy qadriyatlarni asrab-avaylagan holda yetkazish, mamlakatda millatlararo totuvlikni mustahkamlashning konstitutsiyaviy asoslarini belgilash;
beshinchidan, Konstitutsiyada davlat yoshlar siyosatini, yangi Oʼzbekiston bunyodkorlari – yoshlarning har tomonlama qoʼllab-quvvatlanishini, ularning huquqi, manfaatlari va majburiyatlarini aks ettirish;
oltinchidan, hozirgi kunda Oʼzbekiston ijtimoiy davlat va odil fuqarolik jamiyatini qurish sari ildam borayotganini hisobga olgan holda “Yangi Oʼzbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlash:
yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilish tizimi samaradorligini oshirish, bolalar mehnatiga yoʼl qoʼymaslik, nogironligi bor shaxslar va keksa avlod vakillari huquqlarining ishonchli muhofazasini taʼminlash;
sakkizinchidan, Konstitutsiyaga maxsus ekologik qoidalar, global iqlim oʼzgarishlariga tegishli huquqiy meʼyorlarni kiritish;
toʼqqizinchidan, bolalar bogʼchalari, maktablar, Uchinchi Renessans asoslarining oʼzaro bogʼliq jihatlari boʼlgan oliy taʼlim va fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlash.
Xulosa oʼrnida aytganimizda,konstitutsiyaviy islohotlar aholi farovonligi va mamlakat ravnaqini yanada yuksaltirishga, uning iqtisodiy qudratini va dunyodagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov