Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY bo‘limida qayd etish tartibi


Tug‘ilganlikni tibbiyot muassasasi orqali FHDY bo‘limida qayd etish tartibi

Tibbiyot muassasasi xodimi Bola tug‘ilganidan so‘ng 1 kun mobaynida Bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” axborot tizimiga kiritish hamda ushbu tizim orqali FHDY bo‘limiga yuboradi.
Xabarnoma kelgandan so‘ng 1 ish soati davomida FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik holatini qayd etish rad etilganda, kamchiliklarni bartaraf etib, so‘rovnomani qayta yuborishi lozim.
FHDY bo‘limi Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida Bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga asosan tekshirib, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng 1 ish soati mobaynida Elektron tizim orqali kelgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda dalolatnoma yozuvini qayd etishni mazkur Reglamentning 9-bandiga asosan rad etish hamda tibbiyot muassasasiga rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan QR-kod qo‘yilgan xabarnoma yuborish belgilangan.
Tibbiyot muassasasi xodimi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib berishi lozim.
Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol 1 ish kuni mobaynida ichki ishlar bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga, Sog‘liqni saqlash vazirligiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalariga va Xalq banki filiallarida avtomatik tarzda ro’yxatga olinadi.
FHDY bo‘limi fuqarolar murojaat qilgan vaqtda ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.

  Xo’jayli tumani Adliya bo’limi FHDY bo‘limi mudirasi S.Xalbayeva