Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 100 dan ortiq fuqarolarning koʻp yillik mehnat stajlari uchun ustama pullari toʻlanmay kelganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati o'rganilib, sudga davo arizasini kiritish orqali fuqarolarning


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 100 dan ortiq fuqarolarning koʻp yillik mehnat stajlari uchun ustama pullari toʻlanmay kelganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati o'rganilib, sudga davo arizasini kiritish orqali fuqarolarning foydasiga hal qilindi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xodimlari murojaat qilib, oʻz murojaatlarida oʻzlariga koʻp yillik mehnat stajlari uchun ustama pullari toʻlanmay kelganligini bildirib, ushbu ustama pullarini undirib berishda amaliy yordam soʻragan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.01.2019-yildagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq, budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foiz miqdorida har chorakda quyidagi miqdorlarda ustamalar toʻlanishi belgilangan.
  Ya’ni, 3 yildan 5 yilgacha 30%, 5 yildan 10 yilgacha 40%, 10 yildan 15 yilgacha 60%, va 15 yildan ortiq stajga 80% lavozim maoshiga fozi miqdorida ustamalar toʻlanishi belgilangan.
Fuqarolarning murojaatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻrganib chiqilib, fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudiga jami 127 nafar fuqaroning manfaatini himoya qilib, umumiy miqdori 780 000 000 soʻmnan ortiq boʻlgan ustama pullarini undirib berish boʻyicha da’vo arizasi kiritilib, fuqarolarning murojaatlari toʻliq qanoatlandirildi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi