Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI


TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK FAOLIYATNI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunining                              44-moddasiga asosan, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega deb belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandida, oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Ya’ni, oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagoglik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 72-bandida, oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar pedagogik faoliyatni amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi, deb ko‘rsatilgan.
Ya’ni, oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-4-kurslarida o‘qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni amalga oshirishiga ruxsat berilgan.

Ellikqal’a tumani adliya bulimi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i A.Kadirov