Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ijtimoiy nafaqa oluvchi yolg`iz shaxslarga har oylik kompensatsiya to`lanadi.


Ijtimoiy nafaqa oluvchi yolg`iz shaxslarga har oylik kompensatsiya to`lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2175-sonli Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Nizomga ko`ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya deb yuritiladi) oluvchilari hisoblanadi
Nizomda kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddatlari belgilangan bo`lib, unga ko`ra O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanadi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni to‘lash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali to‘lanadi.
Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya uni olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilgan holda kompensatsiya tayinlash to‘g‘risida ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan tayinlanadi.
Bir necha asosga ko‘ra kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ularning tanlashi bo‘yicha eng ko‘p miqdordagi bitta kompensatsiya to‘lanadi.
Oluvchiga tegishli bo‘lgan va uning vafot etishi munosabati bilan to‘liq olinmay qolgan kompensatsiya summasi u vafot etgan kunda birga yashagan oila a’zolariga to‘lanadi. Mazkur holda kompensatsiya vafot etgan kuniga qadar to‘lanadi.Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash:
pensiya (nafaqa) to‘lash muddati tamom bo‘lganda;
ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida kompensatsiyani yetkazib berish (topshirish) yuklatilgan tashkilot orqali kompensatsiya olinmaganda;
fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda;
fuqaro ruhiy bemorlar internat uylarida yashaganda;
kompensatsiyani to‘lashni to‘xtatib turish to‘g‘risida fuqaro tomonidan ariza berilganda to‘xtatib turiladi.
Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham to‘xtatib turilishi mumkin.
Kompensatsiyani to‘lash fuqaro yoki uning vasiysi tomonidan kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza taqdim etilgandan, shuningdek shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgandan so‘ng tiklanadi.
Fuqaroning sud hukmi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etish joylarida bo‘lgan vaqti uchun kompensatsiya to‘lanmaydi. Fuqaro ozod bo‘lgandan keyin kompensatsiya to‘lash kompensatsiyani to‘lashni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi. Tayinlangan kompensatsiyani to‘lash:
fuqaro vafot etganda; tayinlangan kompensatsiyaga huquqlar yo‘qolganda;  doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketilganda to‘xtatiladi.
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga ko‘ra alohida toifadagi fuqarolarga beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunda ko‘rsatilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.

   Qonliko`l tumani adliya bo`limi
      bosh maslahatchisi                                                              B.Matjanova