Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori mazmun-mohiyati


“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori mazmun-mohiyati

“Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-108-son, 01.03.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-sentabrdan:  sug'urtaning barcha turlari bo'yicha sug'urta (qayta sug'urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro'yxatdan o'tkazish va sug'urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;
barcha sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini faqat qog'oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;
sug'urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo'ladi hamda sug'urtalovchi tomonidan lisenziya talablari va shartlarini bir marta qo'pol ravishda buzish hisoblanadi;
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug'urtalovchilar tomonidan ko'rsatiladigan sug'urta xizmatlari sifati bo'yicha sug'urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.
Quyidagilarga shartnomalarning o'z vaqtida rasmiylashtirilishini ta'minlash majburiyati yuklatiladi:
Soliq qo'mitasi va Transport vazirligiga ish beruvchining va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;
Tog'-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini;
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligiga obyektlarni davlat mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish shartnomalarini.

Beruniy tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        M. Kamalova